Kanalga obuna
Roʻyxat · 21-dekabr, 2024

Hayot yoʻnalishlarini tizimlashtirish: maqsad, qoida, vazifa

Hayotning asosiy yoʻnalishlarini tanlab, har biriga 3 ta maqsad, 3 ta qoida va 3 ta vazifa yozish tizimi koʻrsatilgan. Hammasini bir kunda qilish shart emas, shoshilmaslik kerak.

Bir hafta deganda, endi ishga qaytishga kuch topildi.

Kasallik juda ko'p quvvatimni olib qo'ydi, lekin imkon topilgan paytlarda rejadan chiqib ketgan ishlarimni tizimlashtirish bilan shug'ullandim.

Hayotimdagi asosiy yo'nalishlarni tanlab har bir yo'nalishni kuchaytiruvchi 3 tadan narsalar yozib chiqdim.

🧠 Fikrlash: 1. Deepthink 10-15 daqiqa 2. Refleksiya (xatolarni tahlil qilish ) 3. Kunlik, haftalik, oylik rejalashtirish.

🏔 Dam olish: 1. Sayohat (1 oyda 1 marta tog'ga bo'lsa ham) 2. Ilovalarga limitlar o'rnatish 3. Blackout kun.

❤️ Oila: 1. Har kuni qo'ng'iroq qilish 2. Har kuni 1 ta yaqin insonga qo'ng'iroq (qarindoshlar) 3. Oila uchun ehson

📊 Rivojlanish: 1. Tahlil o'z yo'nalishimda 2. Kitob o'qish 3. Kurslar ko'rish

🪙Moliya: 1. Daromad va xarajatlarni xisoblash 2. Moliyaviy reja 3. Pul yig'ish va sarmoya qilish

🎿 Hobbi: 1. Suzish 2. Chavandozlik 3. Chang'i/Kamon

😴 Sog'liq: 1. Uyqu rejimi 2. Har kunlik sport 3. To'g'ri ovqatlanish

Va yana 2 ta biznes yo'nalish bo'yicha yozib chiqdim.

Yuqoridagi har bir yo'nalish uchun 3 ta punkt bo'lishi kerak:

3 ta maqsad 3 ta qoida 3 ta vazifa

Qoidalar va vazifalarni yozib o'tirmadim. Ularning o'zingizga moslashtirishingiz kerak.

Bir narsaga e'tibor qaratish kerak, bu yerdagi yozilgan narsalar har kuni qilinmaydi, 1 haftada bir, 1 oyda bir qilinadigan ishlar bor. Birdaniga hammasini qilish ham ko'pchilikka qiyin bo'lishi mumkin, shuning uchun shoshilmang.

Asl postni Telegramda ochish →