Kanalga obuna
Keys · 29-oktabr, 2024

Bir yoʻnalishga fokus va adashish saboqlari

Muallif natijaga bir yoʻnalishga fokus qilgani uchun erishgan, yangi gʻoyalarga chalgʻib esa bir necha oy toʻxtab qolgan. Yoʻnalishni qaytarib topishga yordam bergan oltita instrument bilan boʻlishadi.

Oxirgi bir necha oy to'xtab qoldim, xuddi ormonda adashib qolgan odamdek. Saytlar bo'yicha yaxshi darajaga chiqdim, mijozlar kelib turibti, lekin yirikroq loyiha qilish niyatida edim.

No-code dasturlarga qiziqib qoldim, lekin ustozlar bilan gaplashganimizda, manga hozir bu yo'nalish to'g'ri kelmasligini aytishdi.

Yana bir nechta odamlar bilan, mutaxassislar bilan gaplashdim va quyidagi xulosani qildim ...

1. Hozirgi kundagi erishgan natijamga nima sabab bo'ldi deb o'zimga savol berdim. 2019 yildan beri to'xtamasdan dizayn bilan shug'ullanganim → yani bir yo'nalishga fokus qaratganim bo'ldi. 👁

2. Kutgan natijimga erishganimda esa, yo'lda qiziqarli yo'nalishlar, bizneslar, g'oyalar paydo bo'lishni boshladi. 💡 Keyin ularga chalg'ib boradigan manzilimni yoqotib qo'ydim. Bu bir necha oy to'xtab qolishimga, ishim orqaga ketishiga sabab bo'ldi.

3. Oldimga qo'ygan maqsadlarimga, boshqa yo'nalishga o'tmasdan, o'zimdagi bor resurslardan to'g'ri foydalanib chiqish mumkinligini tushunib yetdim. Yangi yo'nalishga o'tib hammasini boshidan boshlash, juda katta xatoligini tushundim. O'zimni yo'nalishimmni qoyillatib, qiladigan ish qolmaganda boshqa yo'nalishlar haqida o'ylab ko'rsa bo'lishini tushundim. 🎯

4. Shu narsalarni tushunib yetganimda, miyyamda yana boradigan manzilimga yo'l paydo bo'ldi va aniq xaritani qo'lgan kiritdim. O'tirib qilishim kerak bo'lgan ishlarimni rejasini tuzib chiqdim. Hozir eng kamida 6 oy ichida qilishim kerak bo'lgan ishlarning aniq rejasi paydo bo'ldi. 🗺

Bu xulosalarni olishimga quyidagi instrumentlar yordam berdi:

1. Haftalik "buddy" bilan uchrashuv → xatolarimni ko'rishni, natijalarimni treking qilish, rivojlanish strategiyasini qurishimga yordam berdi.

2. Kitob o'qish → yo'nalishimda nima yangiliklar qilishim mumkinligini, qaysi tomonga qarab rivojlanishim kerakligini va qanday instrumentlarni ishlatish mumkinligini o'rgandim.

3. Podkastlarni ko'rish → katta natijalarga erishgan odamlarning fikrlash modeli, yangi darajaga chiqish usullari, qaysi tomonga qarab rivojlanish kerakligini o'rgandim.

4. Research qilish → doimiy ravishda o'z yo'nalishimga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish, kurslar ko'rish.

5. Ustozlar bilan maslahat qilish → siz ko'rmayotgan nuqtalar, havflar, imkoniyatlarni ochib beradi.

6. Deep think → chuqur o'ylab refleksiya qilish, qilgan xatolaringiz, qabul qilgan to'g'ri qarorlaringiz haqida chuqur o'ylash.

Agar sizda ham shunday xolat kuzatilayotgan bo'lsa, balkim man qilgan ishlar sizga ham yordam berar. Xolat tanish bo'lsa, qandaydir xulosa qilgan bo'lsangiz izohlarda yozib qoldiring.

Asl postni Telegramda ochish →