Yangi darajaga chiqishning 4 qismi
Yangi daraja hozirgi bilim, fikr va muhit bilan olinmaydi. Buning uchun aniq maqsad, raqamlar, guruh va 50-100 soat oʻz ustida ishlash kerak.

Ko'pchilik hayotida yangi darajaga chiqishni xohlaydi.
🎯 Misol uchun: $0 → $500 $500 → $1000 $1000 → $5000 $5.000 → $10.000 $10.000 → $100.000 → ...
Yangi darajaga siz hech qachon hozirgi:
🧠 bilimingiz 💡 fikrlashingiz 💸 resurslaringiz 🖥 jamoangiz ✍️ prinsiplaringiz 🚀 atrof-muhit
bilan chiqa olmaysiz. Yangi daraja mutlaqo boshqa resurslarni talab qiladi.
Yangi darajaga chiqishning 4 ta komponenti (qismi) bor ekan.
1️⃣ Aniq maqsad qo'yish. Deklaratsiya yozish. Maxsus guruhda bo'lish.
Tasodifan yangi darajaga chiqish juda qiyin, uni rejalashtirish kerak.
2️⃣ A nuqta va B nuqtani raqamlarda ko'ra olish.
Aniq raqamlarsiz natijani boshqara olmaysiz va erisha olmaysiz.
3️⃣ Maxsus guruhdagilar sizga doimiy "tavsiyalar" [feedback] berib turishi va doimiy refleksiya.
Yangi darajga intilayotgan odamlar ichida bo'lishingiz, o'sha natijaga erishgan odamlarning yonida izma-iz yurishingiz, ularni fikrlashini tushunishingiz kerak.
4️⃣ 50-100 soat muammolar ustida ishlash.
Miyyangizdagi ko'p psixologik bloklarni olib tashlash kerak. Masalan $5000 gacha ishlaydiganlar, boshqalar ishni mandan yaxshi qila olmaydi degan blok bor. Odamlarga ishni ishonib topshirmagunicha, yangi darajaga chiqa olmaydi. Buning uchun 50-100 o'z ustida ishlashi kerak.
Foydali bo'lgan bo'lsa saqlab qo'ying va amalda qo'llang.
Siz uchun yangi daraja nima?
Asl postni Telegramda ochish →