Nega shaxsiy rivojlanish bilan shugʻullanaman
Oʻzingizni rivojlantirmasangiz, oʻzingizga oʻxshash darajadagi odamlar orasida qolasiz. Atrof oʻzgarishi uchun avval oʻzingiz oʻzgarishingiz kerak.
Shaxsiy rivojlanish bilan doimiy shug‘ullanishimning asosiy sababi shundaki, agar men o‘zimni rivojlantirmasam, o‘zimga o‘xshagan — axloqsiz, ilmsiz, kuchsiz, pulsiz, yalqov, odobsiz va intizomsiz odamlar orasida qolib ketishim aniq. Natijada hayotimda doimo shunday odamlar bilan yuzma-yuz kelaman.
So‘zimning dalillari: — Axloqli insonlar orasida odobsiz insonga joy bormi? — Ilmli odamlar orasida johil biror kishini ko‘rganmisiz? — Kuchli insonlar yonida zaiflarni uchratish mumkinmi? — Intizomli va muvaffaqiyatli kishilar yonida yalqovlarga o‘rin bormi?
Bu holat faqat doim yoningizdagi odamlar bilan cheklanib qolmaydi — balki hayotingiz davomida duch keladigan har bir inson va voqealar sizning rivojlanish darajangizga mos keladi. Siz o‘zingizni o‘zgartirmas ekansiz, atrofingiz, sizni qurshab olgan odamlar va hodisalar o‘zgarmaydi. Birinchi bo‘lib o‘zingizni o‘zgartiring — shunda atrofingiz ham o‘zgaradi!
Asl postni Telegramda ochish →