Yangi darajaga chiqish uchun 6 sifat
Mixail Dashkiev master-klassidan xulosa: yangi darajaga chiqish uchun vaʼdaga sodiqlik, javobgarlik, natijaga chiqarish, qaytmaslik, sabr va haqiqiy qiymat yaratish kerak.
Mixail Dashkievning bir master-klassidan xulosalar.
Yangi darajga chiqish uchun sizga quyidagi jihatlar kerak bo'ladi:
1. Va'dasida turish. (Integrity) ⚙️ Bu kran 100 tonna yukni ko'tara oladi deb qo'llanmasida yozilgan bo'lsa aniq ko'taradi. Odamlarning sizga bo'lgan ishonchi ham shunday darajada bo'lishi kerak.
2. Javobgarlikni bo'yniga ola olish. 🔗 Faqat o'zingiz qilayotgan natija yoki xatolarga ega, boshqa insonlarning xatolariga va natijalariga javobgarlikni bo'yningizga ola olishingiz kerak. 3. Natijaga chiqara olish. 🎯 Bir ishni faqatgina bajarish emas, natijagacha olib chiqish ko'nikmasi bo'lishi kerak.
4. Bir narsa o'xshamasa qayta-qayta xarakat qila olish. 💪 Gap bir ishni zo'r qilishda emas, o'xshamasa ham qaytmaslik, qayta va qayta xarakat qilaveradigan sifatingiz bo'lishi kerak.
5. Chidash, sabr qilish, yengib o'tish. 🗿 Qiyinchiliklarni yengib o'tish ko'nikmasi bo'lishi kerak. Barchi qiyinchiliklar vaqtinchalik, lekin odamlarning sabrini chegaralari har xil.
6. Xaqiqiy qiymat yarata olish. 💸 Siz qilgan ishingiz — yo'q narsadan materiya xosil qilishi kerak. Tuzgan strategiyangiz kassadagi pulni ko'paytirishi, yangi ish o'rinlar paydo qilishi, ishlab chiqariladigan tovarlarni sonini oshirishi, yangi maxsulotlar yaratilishiga olib kelishi kerak.
Ushbu ko'nikmalar va sifatlarni o'zimizda jam qilganimizdagina yangi darajaga o'tishga tayyor bo'lar ekanmiz.
Asl postni Telegramda ochish →