Kanalga obuna
Qoʻllanma · 20-yanvar, 2025

Miyani tozalashning oʻn qadami

Yechilmagan masalalar va xafagarchiliklar miyaning operativ xotirasini toʻldirib qoʻyadi. Post uni tozalash uchun oʻnta amaliy usulni beradi: yozib chiqish, ishlarni yopish, refleksiya, sport, dam olish.

Miyyani tozalash.

Miyyamizda o'nlab har hil fikrlar, muammolar, qarzlar, yechilmagan masalalar, kimdandir hafa bo'lish yoki hafa qilgan xolatlaringiz haqidagi xotiralar juda katta joy egallab turadi. Bu xolat huddi kompyuterdagi "operatsion xotira" to'lib qolishiga o'xshaydi. Yangi dastur ochisga imkon qolmaydi. Bu tashvishlar baxtimizni o'g'irlaydi.

Ongimiz huddi toza idishga o'xshaydi. Agar u idish to'lib qolgan bo'lsa yangi g'oyalar uchun, ishlash uchun, yaxshi narsalar haqida o'ylashi uchun joy qolmaydi. Doimiy ravishda bunday yurish keyinchalik surunkali stress, uyqusizlik, "prokrastinatsiya" va boshqa ko'plab kasalliklarga olib keladi.

Miyyani tozalash va o'zingizni qayta qo'lga olish uchun quyidagi ishlarni qilish kerak:

1. Ishlarni, masalalarni yoki muammolarni umuman miyangizda ushlab turmang. Hammasini yoki qog'ozga (eng samaralisi) yoki notionga kiriting. Sizni bezovta qilayotgan narsalarni tizimli ko'rinishda ko'z oldingizda turishi sizni ancha tinchlantiradi.

2. Qotib qolgan, qolib ketgan ishlarni tez yopish kerak. Kimgadir qo'ng'iroq qilish kerak bo'lsa darhol qilish kerak, kimnidir haf qilgan bo'lsangiz uzr so'rang, qandaydir ishlar qolib ketgan bo'lsa u odam bilan bog'laning, masali yeching yoki vaqtini kelishib oling. Kimdandir qarzingiz bo'lsa u odam bilan bog'lanib gaplashing, sanani belgilang, yoki pulni bir qismini o'tkazing.

3. Odamlardan umuman hafa bo'lmang. Hayotingizdagi hamma muammolarga o'zingiz sababchisiz, kimdandir hafa bo'lgan bo'lsangiz esdan chiqaring, yoki masalani hal qilish uchun o'sha inson bilan gaplashib oling. Aybni birovlardan qidirish, o'zingizdan qidirgandan ancha qiyinroq va og'riqli, chunki siz boshqalarni o'zgartira olmaysiz.

4. Refleksiya qiling. Qilgan xatolaringizni yozing, ularni qilmaslik uchun tahlil qiling. Erishgan yutuqlaringizni yozing, ularni takrorlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida o'ylang. Hayotingizni nazoratda ushlab turish sizni baxtli qiladi, shuning uchun kuningizni rejalashtirib yuring.

5. Har kuni 10-15 daqiqa toza havoda yuring, chuqur nafas oling, nafas olish praktikalarini qiling.

6. Har kunlik sport — 10-20 daqiqa bo'lsa ham. Foydalarini gapirish shart emas.

7. Qo'rqoq bo'lmang, fikrlaringizni odamlarga aniq va tiniq yetkazib bering, ichingizda ushlab turmang. Masalalarni tezroq hal qiling. Bu juda qiyin, lekin o'rganishimiz kerak.

8. Dam oladigan kuningiz bo'lsin, 24/7 ishlash sizni hayotiz quvvatingizni juda pastka tushirib yuboradi, keyin tiklanish uchun juda ko'p vaqt yoqotasiz.

9. Yaxshi insonlar bilan ko'rishing, muammolaringizni hal qilishga yordam bera oladigan, to'g'ri maslahatlar bera oladigan odamlaringiz bo'lsa — siz juda baxtli odamsiz. Bunaqa odamlarni topish judayam qiyin hozirgi kunda.

10. Deepthink. Chuqur tafakkur qilish. Har kuni 10-15 daqiqa yolg'iz qolib tafakkur qilish.

Asl postni Telegramda ochish →