Deep think: oʻzi bilan yolgʻiz qolish odati
Qorongʻu xonada, yolgʻiz, taymer bilan 10-20 daqiqa oʻtirish miyaga ichki muammolarga yechim topishga yordam beradi. Buni har kuni qilish kerak.
Bu odat sizni har qanday qiyin va yomon vaziyatlardan olib chiqib ketadi.
Aziz aka Rahimov'ning mentorligiga borganimda juda zo'r odatni o'rgangan edim. Bu odatni nomi — Deep think. (Chuqur tafakkur qilish)
Odamlarni psixologlarga borib muammolarini hal qilishlarining yoki qiyin vaziyatga tushganda maslahatga muhtoj bo'lishining sababi, ular o'zi bilan o'zi yolg'iz qolmasligi va o'zini eshitmasligidan kelib chiqadi deb o'ylayman.
Chunki bizni xolatimizni o'zimizdan boshqa hech kim yaxshiroq bilmaydi, shaxsiy muammolarga eng yaxshi yechimni ham o'zimizga o'zimiz bera olamiz. Albatta sohaga oid yoki shunga o'xshash masalalarda mutaxassis yoki ustoz yordami kerak bo'ladi.
Bu odat qanday ishlaydi?
1. Yolg'iz bo'lishingiz kerak 2. Atrofda sizni chalg'itadigan narsalar, ovozlar yoki buyumlar bo'lmasligi kerak. (Eng yaxshi yo'li qorong'u xona) 3. Taymer kerak bo'ladi
Shunday xoli joy topib 10 yoki 15 yoki 20 daqiqa o'tarasiz. Kun davomida miyanngiz tashqarida bo'layotgan muammolarni hal qilib yuradi, bu xolatda o'tirganingizda esa miya o'zi ichidagi muammolarni hal qilishni boshlaydi va asta sekin ichingizdagi muammolarga aniq yechimlarni bera boshlaydi.
Faqat buni muntazam ravishda har kuni qilish kerak. Faqat muammoga uchraganingizda emas.
Asl postni Telegramda ochish →