Identifikatsiya istigʻfor kabi ishlaydi
Eski odatlarni tashlash uchun avval yangi shaxs sifatida oʻzingizni qabul qilish kerak. Chekishni tashladim deydigan odam haqiqatan tashlaydi, tashlayapman deydigan esa qolib ketadi.
Identifikatsiya haqida. Bu huddi istig'forga o'xshaydi.
Gunohlariga haqiqiy tavba qilgan odam, gunohlarini tan oladi, iqror bo'ladi, istig'for aytadi, afsuslanadi, boshqa qaytmaslikka axd qiladi, tavba qiladi, so'ng xuddi u gunohni qilmagandek hayotida davom etadi. Kechirilganiga aniq ishonadi va umid qiladi.
Identifikatsiya ham shunday ishlaydi, odam o'zining eski versiyasidagi xatolarini ko'radi, tan oladi, qabul qiladi, ularni yoqotishga axd qiladi. Xuddi u xatolar yoqdek o'zini tutadi va o'zini yangi odamdek qabul qiladi.
"Fake it till you make it" degan tushuncha ham shundan kelib chiqgan.
Buni yanada yaxshiroq tushunish uchun "Atomic Habits" kitobida zo'r misol keltirilgan.
2 ta kishi chekishni tashlashni maqsad qilib qo'yadi:
1-odam doim chekishni tashlayabman deb yuradi, qolganlarga ham shunday deydi. Yani jarayonda deydi. 2-odam men chekishni tashladim deydi, kimdir so'rasa ham tashlaganman deydi.
Natijada 2-odam chekishni haqiqatdan tashlaydi, birinchisi esa hali ham tashlayabman deb yuradi.
To'liq yangi shaxsni qabul qilmaguncha va o'zini o'sha shaxs deb tan olmaguncha, eskisini odatlarini yoqota olmaydi.
Xuddi shunga o'xshash narsani Aziz aka Rahimovning kurslarida ham o'tgan edik. Prinsiplarni shakllantirish mavzusi edi.
Asl postni Telegramda ochish →