Eski qoidalar meni qotirib qoʻydi
Muallif xato qilishdan, rad etishdan va konfliktdan qoʻrqish kabi oʻrganilgan qoidalar uni keyingi darajaga chiqarmaganini tan oladi. Birinchi qadam identifikatsiyani oʻzgartirish.
Jim Keri'ning - "Truman shou", "Har doim ha de" degan kinolarini ko'rgan bo'lsangiz kerak. O'ylab qarasam ko'p yillar shunaqa yashagan ekanman. Yani hamma o'rganib qolgan qoidalarni maksimal darajada buzmaslikka xarakat qilganman. Maktabdagi a'lochi o'quvchilarga o'xshab.
Masalan: → xato qilishga qo'rqish → zaiflikni tan olishga qo'rqish → hamma taklifga xo'p deb javob berish → ko'ngli og'rib qoladi deb qattiq gapirmaslik (xato qilsa) → aniq yo'q deb aytmasdan, sabablarni tushuntirishga urunish → har hil uchrashuvlarga xo'p deb aytish → rad javobini berishdan qo'rqish → konfliktlardan qochish (zararga hal qilish, yaxshilikka hal qilish, haqqoniy hal qilish, man ko'p xollarda o'zimni zararimga hal qilganman) → bir ishni qila olmaslikni tan olishga qo'rqish → voqelikni o'zgartirishni o'rniga unga reaksiya bildirishga vaqt sarflash (bu haqida keyingi postlarda yozdaman)
va yana ko'plab shunaqa miyyaga o'rnashib qolgan qoidalar bo'r. Alhamdulillah bir tarafdan shu narsalar hozirgi darajamgacha olib chiqdi, lekin 2024-2025 yillarda aynan shu narsalar sabab qotib qolganimni sezdim. Keyingi darajaga chiqish uchun umuman boshqa ko'nikmalar, boshqacha fikrlash darajasi kerakligini tushundim.
Daromadi $10K+ bo'lganlarni birortasida yuqoridagi narsalarni ko'rmaysiz. Chunki bularni hammasi odamlarni pas darajada ushlab turishi uchun shakllangan. (Shaxsiy fikrim)
Hozir birinchi qadamim yuqoridagilarni hammasini tomiri bilan yoqotish → indentifikatsiyani o'zgartirish. (Atomic Habits kitobidan o'qing bu haqida)
Asl postni Telegramda ochish →