Kanalga obuna
Keys · 9-fevral, 2026

Men produkt emas, tizim qurish kerak

Mutaxassis oʻzi mahsulot boʻlsa, biznes uning energiyasiga bogʻlanib qoladi. Muallif shaxssiz ham ishlaydigan produkt qurishga oʻtishni rejalashtiryapti.

Maqsadlaringni ortidan quvishni o'rniga, maqsadlaringa o'zi olib boradigan tizim qur. Mixail Dashkiev

Bu inson masshtabini tasavvur qilishingiz uchun 2010-2020 yillar ichida 300.000 dan ortiq insonni biznes qurishga o'rgatgan. Kompaniyasi yillik 10 mln dollar daromad keltirgan. Siz tanigan RF dagi juda ko'p hozirgi tadbirkor, prodyuser va marketologlar shu BM dasturida o'qishgan.

2020 yilda juda muhim bir gapni aytgan: "Men charchadim, chunki mikrofon olib sahna chiqsamgina pul ishlayman, men bo'lmasam biznesim daromad keltirmaydi bu tupik"

Hozir yaxshillab e'tibor qaratsangiz strategik fikrlaydigan ekspertlar, oddiy dars berish va mutaxassislikdan → tizimli biznes qurishga o'tishyapti.

1. Mihail Dashkiev: BM'da dars berishdan → "Noboring finance", "Ukids" kompaniyalarida sherik va har biri $10mln yillik aylanmagan ega.

2. Sam Ovens: Consulting.com (yillik $70 mln daromad) dan → Skool.com ga o'tib ketti.

3. Mikhail Litvin: Vinelardan → Litenergy, Ararcase brendlarini qurdi.

4. Alex Hormozi: Fitnes zallar uchun kurslardan → Aquicition.com.

To'g'ri bularni masshtabi, bozori umuman boshqa darajada, lekin 2024-2025 yillarda manam bitta nuqtada qotib qolganimni sezdim, ammo katta o'zgarish qila olmadim.

• Faqat o'zim ishlasam daromad bo'ladi • Mani energiyam bo'lmasa ish ham yo'q • Biznesdagi eng katta muammo ham o'zimman.

3-4 kun avval qattiq mazam bo'lmadi, hamma loyihamiz qotib qoldi. Shundan so'ng hamma qilayotgan ishlarimni qayta ko'rib chiqdim.

Men = produkt — bu kelajagi yo'q ishligini tushundim.

Fokus shu produktni qurishda bo'lishi kerak, shaxs produkt bo'lishida emas. Produkt shaxssiz ham yashayverishi kerak.

(Bu hamma shunday qilishi kerak degani emas, bu faqat shaxsiy fikrim)

Hozircha aniq rejam yo‘q. Lekin bitta narsa aniq: keyingi bosqich — o‘zimni emas, ishlaydigan produktni qurish.

Agar bu yo‘l xato bo‘lsa ham — kamida u keyingi darajaga olib chiqadigan xato bo‘ladi.

Asl postni Telegramda ochish →