Haqiqiy oʻzgarish avval miyada boshlanadi
Odatlarni faqat tashqi usullar bilan oʻzgartirish vaqtinchalik natija beradi. Haqiqiy oʻzgarish uchun ogʻriq, niyat, qatʼiy qaror va yangi shaxsni tan olish kerak.
Tasavvur qiling siz o'zgarmoqchisiz, yaxshi odatlarni shakllantirmoqchisiz, yomonlaridan qutilmoqchisiz.
1. Odatlarni shakllantirish va yomonlaridan qutilish uchun ro'yxat tuzasiz va amal qilishga xarakat qiliasiz. 2. Kun tartibingizni shu odatlarga moslashtirasiz. 3. Yaxshi odatlarning foydasi va yomonlarining zarari haqida ma'lumotlar o'qiysiz. 4. Maxsus dasturlar va usullardan foydalanasiz 5. Yaqinlaringizga va'dalar berasiz 6. O'zingizga va'dalar berasiz 7. O'zingizni majburlaysiz. 8. Atrof muhitingizni o'zgartirasiz...
LEKIN HAMMASI BEFOYDA, siz kutgan natijaga olib kelmaydi. Biroz o'zgarasiz va yana o'sha eski hayotga qaytasiz.
Bilasizmi nima uchun unday bo'ladi? Siz tashqi faktorlarni hammasini to'g'irlashga urindingiz, lekin siz miyyangizda hali ham o'sha eski shaxssiz.
Yuqoridagi narsalar yaxshi ishlaydi, lekin vaqtinchalik va yetarlicha emas.
Haqiqiy o'zgarish uchun:
- sizda og’riq bo’lishi kerak - o’zingizdagi muammolarni anglashingiz kerak, ularni muammo ekanini tan olishingiz kerak - niyat bo’lishi kerak, ichingizda niyatni o'zgartirmasdan, amallaringizni o'zgartira olmaysiz - o’zgarish uchun qat'iy qaror qabul qilishingiz kerak, (Qaror — oddiy gap emas, butun vujudinigiz va fikringiz bilan ongli ravishda qilingan qaror) - yangi shaxsni tan olishingiz kerak, o'zingizni yangi odamdek indentifikatsiya qilishingiz kerak, eski shaxsingizni unutishingiz va kechirishingiz kerak - Keyin esa o’zgarish uchun yuqoridagi amallarni qilish kerak
🧠 Birinchi o'zgarish miyyada bo'lishi kerak.
Butkul o'zgarmaguningizgacha har kuni bu qarorni boshqattan qabul qilish kerak. Chunki odamning o'ziga bergan va'dasining umri 24 soat, keyin esidan chiqib ketadi. 1 yil davomida har kuni o'zingizga va'da berish, butun umr afsuslanib o'tishdan yaxshiroq.
Bugungi kuningiz qanday o'tsa — umringiz ham shunday o'tadi.
Asl postni Telegramda ochish →