Endi kerak emas javobining ortidagi sabab
Kechikkan yaxshilikka «endi kerak emas» deyilsa, bu odam oʻtmishdagi ogʻriq bilan javob berayotganini bildiradi. Qaror qilishdan oldin «buni hozirgi men qilyaptimi yoki oʻtmishdagi ogʻriqmi?» deb oʻzingizdan soʻrang.
"Endi kerak emas” — bilasizmi, bu javob aslida nimani anglatadi?
Insonga sal kechikib yaxshilik qilsangiz "Endi kerak emas" degan javob olasiz. Aslida bu narsa unga kerak, lekin u o'tmishdagi xolatga javoban, hissiyotlari bilan javob qaytargani uchun shunday bo'ladi.
Aksariyat odamlar kun davomidagi qarorlarini ongsiz ravishda - hissiyotlari bilan qabul qiladi.
Hissiyotlarni oldin boshidan o'tkazgan tajribasi shakllantiradi.
Og'riq → Tajriba → Hissiyotlar → Qarorlar.
Natijada qarorlar kelajakni yaxshi tomonga o'zgartirish uchun emas, o'tmishdagi orttirilgan og'riqni yo'qotish uchun qilinadi.
Shuning uchun bir ish qilishdan avval ongli ravishda o'ylang: «Bu qarorni hozirgi men qabul qilyaptimi yoki o’tmishdagi og’rig’im?»
Asl postni Telegramda ochish →