Yomon odat oʻz-oʻzidan yoʻqolmaydi
Yomon odatni tashlay olmaslikning ikki sababi bor: vijdon va atrofdagilar gapi. Toʻgʻri yoʻl odatni kutmasdan yaxshisini davom ettirish, chunki yaxshi odat bir kun yomonini siqib chiqaradi.
Yomon odat o'z o'zidan yo'q bo'lib ketmaydi, uni o'rnini yaxshi odat bosishi mumkin.
Nima uchun bir xil insonlar yomon odatini tashlay olmaydi desa, bunga 2 ta sabab bor:
1. O'zi. O'zini vijdoni yo'l qo'ymaydi. Misol uchun: Bir odam "klub"da ishlaydi, Jumaga chiqmoqchi, keyin ichidan ovoz keladi, shunchalik ham ikkyuzlamachi bo'lasanmi deb o'ziga o'zi gapiradi.
2. Odamlar. Misol uchun bir bola tamaki chekadi va shu bilan birga sport bilan shug'ullanmoqchi. Odamlar nima deydi? "San jinnimisan, chekib turibam sport bilan shug'ullanasanmi? Dushanbadagi gap payshanbaga to'g'ri kemyaptiyu" deyishadi. Keyin bu odam sport bilan shug'ullanish fikridan qaytadi.
Keyin nima deydi bu odam? Birinchi shu odatlarimdan qutilib olay keyin buni qilaman, uni qilaman deb o'zini o'zi aldab yuradi.
Natijada yomon odat yo'q bo'lib ketmaydi.
To'g'ri yo'l nima edi? O'ziniyam, boshqalarniyam eshitmasdan, yomon odat bilan birga yaxshisini to'xtatmasdan qilaverish, chunki bir kuni aniq yaxshi odati yomonini yo'q qiladi.
Bu tajribadan o'tgan shaxsiy fikrim. Siz nima deb o'ylaysiz?
Asl postni Telegramda ochish →