Kichik ish katta ishni belgilaydi
Odam kichik ishni qanday qilsa, katta ishni ham shunday qiladi. Aniq maqsadli sport intizom, diqqat va strategiyani kuchaytiradi, bu esa biznesga ham oʻtadi.

Odam kichik ishni qanday qilsa, katta ishlarni ham shunday qiladi.
Siz bir narsada mutaxassis bo'lsangiz, bu hayotingizni har bir yo'nalishiga ta'sir qilar ekan.
Misol uchun dizayn sohasida bizning ishlash ketma-ketligimiz bor. Har bir mijoz bilan shunday algoritmda ishlaymiz. Bu algoritmni ishim bilan bog'liq bo'lmagan xolatlarda o'zim bilmagan xolda qo'llashimni kuzatganman.
Bu bilan nima demoqchiman?
Doimiy ravishda maqsadli sport bilan shug'ullanishimiz kerak ekan. "Maqsadli deganda shuncha masofaga yugurish, yoki qandaydir aniq B nuqtaga ega bo'lishi kerakligini nazarda tutdim" Chunki sportdagi intizom, diqqat, strategiya, fikrlash va iroda sizning biznesingizga ham o'tar ekan. Shuning uchun ham ko'p tadbirkorlar har hil sport turlari bilan shug'ullanishadi.
Bugun bu yilgi taxminan 141-150 oralig'idagi mashg'ulotni bajardim.
Asl postni Telegramda ochish →