Intizom uchun iroda emas, tizim kerak
Nafsni kuch bilan boshqarish yutqazishga olib keladi. Yutish uchun shaxsiyatni oʻzgartirish va intizomsizlikka imkon qoldirmaydigan tizim qurish kerak.
Juda ko'p odamlar nafsga qarshi chiqishga kuchim yetadi, uni nazorat qila olaman deb o'ylaydi.
Kuch bilan, iroda bilan nafsni boshqarishga xarakat qiladi.
Bu xuddi o'rgatilmagan ot bilan kuch sinashish, uni arqonini xar kuni tarang tortib turishga o'xshaydi. Qanchalik kuchli bo'lishingizda qat'iy nazar baribir unga yutqazasiz.
Shuning uchun intizomli bo'lishda birinchi 4-5 kun zo'r o'tadi, keyin yana eski xolatga qaytasiz. Yutqazasiz.
Yutish uchun 2 ta narsa kerak ekan.
1. Shaxsiyatni o'zgartirish, ich-ichingizdan nafs xohlayotgan narsalarni yomon ko'rish. Qamoqxonadagi mahbus jinoyatni imkoni yo'qligidan qila olmaydi, lekin xohlaydi. Siz ham intizomli bo'lish uchun hamma sharoitlarni qilib, lekin ichingizda o'zingizni majburlasangiz o'sha qamoqdagi mahbusdan farqingiz qolmaydi. Haqiqiy intizom, intizom yo'qligini yomon ko'rishdan boshlanadi. Odatlarni shakllantirishda ham eng samarali qoida. Shakllantirmoqchi bo'lgan odatni yaxshi ko'rib qolish, qutilmoqchi bo'lgan odatdan nafratlanishni boshlash.
2. Tizim.
• 6-12 oydan keyin qaysi nuqtada bo'lishigizni oldindan rejalashtirmasangiz, rejadagi ishlarni qilish judayam qiyin bo'lib ketadi. Miya oxiri ko'rinmaydigan ishlarni yomon ko'radi. Energiya judayam tez tugaydi, chunki aniq maqsad sizga energiya beradi. • Kuchli iroda sizga qaror qabul qilishga, boshlashga yordam beradi, lekin ushlab qolish uchun konstruksiya kerak. Konstruksiya nima? Irodaga isonishni to'xtatib, nazoratni tizimga topshirish. Tongda turish uchun kimdandir yordam so'rash, ish paytida telefonni berkitib qo'yish, instagram uchun limit qo'yish, sportga chiqish uchun trener / zalga pul to'lab qo'yish va hokazo. • Bitta so'z bilan aytganda intizomsiz bo'lishga imkoniyat qoldirmaslik kerak. Intizomli bo'lish uchun sharoit yaratib qo'yish kerak.
Tizim shaxsiyatingiz o'zgarguncha sizga yordam beradigan, sizni saqlaydigan devor vazifasini o'taydi.
Eng muhimi taslim bo'lmaslik.
Asl postni Telegramda ochish →