Kanalga obuna
Motivatsiya · 17-oktabr, 2025

Ideal vaqt kutish emas, bugun boshlash

Ertangi kun kafolatlangandek yashash ishni kechiktirishga olib keladi. Ideal vaqt kutmasdan, har kuni 1 foizdan boshlash va kayfiyatga emas, tizimga tayanish kerak.

Man huddi ertangi kun kafolatlangandek yashashga o'rganib qolganimni sezishni boshladim.

Ko'p rejadagi ishlarim, shakllantirmoqchi bo'lgan odatlarim, o'qimoqchi bo'lgan kitoblarim, qilmoqchi bo'lgan yaxshi ishlarim, olmoqchi bo'lgan ilmlarimni doim bir nechta bahonalar bilan o'zimdan uzoqlashtirib yurar ekanman:

— hamma ishlarimni to'g'irlab olay keyin boshlayman; — hamma muammolarni hal qilib olay keyin boshlayman; — kunimni tartibga solib olay keyin boshlayman;

Shunday cheksiz bahonalar bor. Buni ostidagi sabab — ideal vaqtni kutib yashash ekan, bunga sabab ertangi kun kafolatlangandek yashash.

Keyin qila olmagan, boshlay olmagan ishlarimni ro'yxatini ko'rib o'zimga savol berdim, o'sha "ideal vaqt" keldimi o'zi? Shu kunni kutib necha yil umrim o'tib ketti? O'sha kun qachon kelganini eslay olmayman. Kelgan bo'lsa ham yil davomida 3-4 marta bo'lgan.

Mani faqat bugungi kunim bor, o'tgan kunlarni qaytarib bo'lmaydi, ertangi kungan kafolat yo'q. Eng ideal vaqt hozir. Bugun.

Bir ishni butunlay qilaman, ideal qilaman degandan ko'ra bugun 1% ni bo'lsa ham boshlab turishim kerak ekan. Baribir vaqt o'tib ketyabdi, o'sha boshlamoqchi bo'lgan ishlarimni har kuni 1% qilganimda ko'pini tugatib qo'ygan bo'lsa edim 3-4 yil ichida. Agar hozirgidek yashashni davom etsam yana bir necha yil o'tib ketadi.

Bu narsani esdan chiqarmaslik uchun doim — o'zimga shu qoidani eslatib turishim kerak. Bu oxirgi kun. Hozir ideal vaqt.

Kuchli, muvaffaqiyatli, ilmli odamlar — kayfiyatga qarab ishlamas ekan, kayfiyat, xolat, vaziyat qanday bo'lishidan qat'iy nazar tizimga qarab ishlashadi. Rejadagi ishni bajarishadi.

Shunday ideal yashash mumkinmi? Ular xato qilmaydimi? Ular charchamaydimi? Ular ham xato qiladi, dam oladi, charchaydi. Lekin 1 ta muvaffaqiyatsiz kun, ertangi kuniga umuman ta'sir qilmaydi. Ertaga yana noldan boshlashadi. Yana boshidan ishga qaytadi. Tizim, intizom birinchi navbatda.

Asl postni Telegramda ochish →