Kanalga obuna
Qoʻllanma · 30-aprel, 2024

Restart: eski xotiralarni esdan chiqarish

Oʻyindagi restart tugmasi kabi hayotda ham har ishni noldan boshlash kerak. Qoʻrquv, xafagarchilik va idealga intilish eski xotiralar orqali toʻsqinlik qiladi.

Restart

Hamma telefonda yoki kompyuterda o’yin o’ynagan. Bilasiz hamma o’yinda restart tugmasi bor. Bu tugma o’yinni boshidan boshlash uchun kerak.

O’yinda xato qilish, yiqilish yoki o’lish mumkin. Restart bosilgandan so’ng hech narsa bo’lmagandek yana o’yinni boshidan boshlaysiz.

Shu instrumentni xayotimizda ham boshqacharoq ko’rinishda qo’llashimiz mumkinligini topdim.

Restart — esdan chiqarish/noldan boshlash.

Hayotimizdagi ko’p ishlarga to’sqinlik qiladigan narsalardan biri bu eski xotiralar ekan.

Eski xotiralarni bizga xalaqtit berishining 3 ta omili bor.

1. Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish 2. Xafagarchilik. 3. Hamma narsa ideal bo'lishiga intilish.

Misol uchun

1. Birinchi omil — bir biznes boshlamoqchisiz oldin ochishga urunib, ammo muvaffaqiyatsizlikka duch kelganingizni eslaysiz va yana xarakat qilish uchun kuch qolmaydi.

2. Ikkinchi omil — bir insondan xafasiz, anchadan beri gaplashmagansiz, bu eski xotiralar sizni yarashishdan, yana aloqalarni qayta tiklashdan to’sib turadi.

3. Uchinchi omil — bir yangi odat boshlamoqchi bo’lsangiz ortga qarab qila olmaganingizni eslaysiz yoki odatlarni tashlab ketgan kunni eslaysiz va bu ishni boshlashga xoxish qolmaydi. Chunki miyamizda ideal hayotga intilish bor.

Cheksiz misollar keltirish mumkin, lekin yechim bitta.

Bu instument qanday ishlaydi?

Har kunni/ishni/odatni/aloqalar qurishni har safar xuddi birinchi martadek qilish. Oldingi qilganlaringizni butul esdan chiqarish. Ular haqida umuman o’ylamaslik.

— Bir odatni hayotimga kiritmoqchi bo'lsam oldingi qilgan xarakatlarimni yodimdan chiqarishim kerak bo'ladi.

— Bir ishni boshlamoqchi bo'lsam oldingi muvaffaqiyatsizlik haqida o'ylamasligim kerak.

— Bir inson bilan gaplashmoqchi bo'lsam, oldin oramizdan o'tgan narsalarni esdan chiqarishim kerak.

Muhim joyi xatolardan xulosa olish mumkin, lekin ularni qayta qayta eslashdan foyda yo'q.

Bu instrumentni har kuni o’zingizga eslatib yurishingiz kerak.

Asl postni Telegramda ochish →