Nega yillar davomida bir joyda qotib qolamiz
Yangi ish boshlaganda biz xabarsiz optimizmdan qulashgacha boʻlgan doiradan oʻtamiz. Chiqish yoʻli: bitta sohada qolib, undagi top 1% ga kirish.
Nima uchun yillar davomida bir joyda qotib qolamiz.
Har safar yangi ish boshlaganingizda, yangi loyihaga kirganingizda siz shu grafik bo'ylab xarakatlanasiz. Qayta va qayta bir joyda aylanasiz.
1. Xabarsiz optimizm. Doʻstingiz yangi ishda koʻp pul ishlayotganini aytadi — va siz shu zahoti oʻz ishingizdan koʻngil sovutasiz. Sabab oddiy: siz faqat natijani koʻrdingiz. Sizga Instagramdagi reel koʻrsatildi, ortidagi haqiqat emas.
2. Xabardor pessimizm Siz oʻsha yangi ishga oʻtdingiz, vaqt o'tyapti lekin «Nega pul yoʻq?» Buni javobi sizga aytilmagan yana yuzta qadam bor edi. Endi eski ishingizda qolganlar sizdan koʻproq topayotgandek koʻrinadi.
3. Maʼno inqirozi Vaqt o'tgan sari xuddi natija bo'lmaydigandek ko'rinadi. Siz kutgan natijaga hali ancha borligini tushunasiz. Nima uchun sohamni o'zgartirdim, nima keragi bor edi o'zi bu ishlarni deb o'ylanasiz. Lekin bu hayollarning hammasi — qiyinchilikdan qo'chish bo'ladi.
4. Qulash va tashlab ketish Bu nuqtaning ustiga yana «xabarsiz optimizm» deb yozsa boʻladi. Chunki odam tashlab ketadi, yangi «yaxshiroq» narsani topadi — va aylana boshidan boshlanadi. Yana. Va yana. Kompyuter oʻyinida oʻlsangiz, bir necha soniyadan keyin qaytasiz. Tadbirkorlikda — bir necha yildan keyin.
5. Xabardor optimizm Bu yerda siz kichik natijalarni qilishni boshlaysiz. Katta natijaga erishish uchun aniq nimalar qilish kerakligini tushunib yetasiz. Yana umid paydo bo'ladi.
6. Natija Natijaga erishdingiz. Endi boshqalar sizning yo'lingizga qiziqishni boshlaydi. Siz matritsadan chiqib ketdingiz.
Xulosa: Bitta ishda uzoq vaqt qolish, yangi chiroyli sohalarga aldanmaslik. Sohangizda dunyodagi top 1% ga kiring.
Bu materialni yanada chuqurroq o'rganish uchun bu saytga kiring https://ozgarish-bosqichlari.vercel.app
Asl postni Telegramda ochish →