Odam oʻsishdan toʻxtashining 5 sababi
Oʻsish yoʻlida odamni ortga qaytaradigan beshta tuzoq bor: yolgʻizlik, boʻshliq davri, tezlik yoʻqolishi, mayda yomon odatlar va yangi narsalarga sakrash. Oʻzingizda qaysilari borligini tekshirib koʻring.
Shu 5 ta narsa sabab odam o'sishdan to'xtab qoladi.
1. No man's land — odam o'z ustida ishlashni boshlaganida, o'sishni boshlaganida yolg'iz qolib ketadi. Atrofdagilardan o'tib kettingiz, lekin muvaffaqiyatli odamlar bilan hali gaplasha olmaysiz. Shunda yana eski hayotga qaytishni xohlaysiz.
2. The Lag Period — eski odatlardan qutilib hayotingizni o'zgartirishni boshlaganingizda ichingiz bo'shab qoladi, bir muddatga maqsadlarni tushunmay qolasiz, kuningiz bo'shdek, huddi nimadandir qolip ketayotgandek xis qilasiz. Shu payt juda ko'pchilik yana eski hayotiga qaytadi.
3. Lost Momentum — kichik natijalarga erishganingizda, birinchi pulni ishlaganingizda bo'ldi endi hammasi yaxshi bo'ladi degan fikr keladi, asta sekin komfort zonaga tushasiz. Boshidagi o'sha ichingizdagi uchqun asta sekin o'chayotgan bo'ladi. Buning sababi kichik maqsadlar o'qibatida bo'ladi. Shu payt to'xtamaslik kerak bo'ladi.
4. Death by 10,000 cuts — mayda-mayda yomon odatlar kunlar o'tib sizni yana eski hayotga qaytaradi. Kuniga 15 minut instagramdagi skroll 1 oydan so'ng 1.5 soatga aylanadi. Birinchi 5:00 uyg'onasiz, keyin 5:15, keyin 5:30 keyin bir muddatdan so'ng yana tushlikda turadigan bo'lasiz. Birdaniga tizim buzilmaydi, asta sekin kichik yomon odatlar kattalashib boradi.
5. Shiny object syndrome — boshqalarni ishi doim qiziq va yaxshiroq ko'rinaveradi. O'zingizni ishingiz zerikarlik ko'rinadi. Yaxshi ish / loyiha / soha ko'rib qolsangiz sakrab o'tib ketasiz va yana noldan boshlaysiz. Bitta ishni ushlab qolish kerak bo'ladi.
Hozir o'zingizni test qiling qaysilari sizda bor?
Asl postni Telegramda ochish →