Kanalga obuna
Fikr · 5-iyul, 2026

Aytilmagan kutuv xafagarchilikka aylanadi

Hech kim sizga qarzdor emas, aytilmagan kutuv faqat sizning miyangizda yashaydi. Kutayotgan boʻlsangiz ayting, aytmagan boʻlsangiz xafa boʻlishga haqqingiz yoʻq.

Hech kim sizga hech narsa qarzdor emas.

Do'stingizdan yordam kutdingiz, u yordam bermadi. Endi ichingizda xafagarchilik.

Lekin bir savol: siz undan yordam so'raganmidingiz? Yoki shunchaki "o'zi tushunishi kerak edi" deb o'yladingizmi?

Sizning miyangizdagi kutuv — faqat sizning miyangizda. U hech qachon boshqa odamning majburiyatiga aylanmaydi.

Xotiningiz "o'zi sezishi kerak edi". Sherigingiz "o'zi taklif qilishi kerak edi". Mijoz "o'zi tushunishi kerak edi".

Yo'q. Kerak emas edi. Chunki ular sizning hayolingizni o'qiy olmaydi.

Aytilmagan kutuv - bu kelajakdagi xafagarchilikka qo'yilgan omonat. Foizi bilan qaytadi.

Qoida oddiy: kutyapsizmi — ayting. Aytmadingizmi — xafa bo'lishga haqqingiz yo'q.

Asl postni Telegramda ochish →