Kanalga obuna
Fikr · 30-yanvar, 2025

Eʼtibor qonuni ota-onaga ham ishlaydi

Farzand yoki ota-ona kasal boʻlganda berilgan eʼtibor taqdirlash sifatida qabul qilinib, tez-tez kasal boʻlishga sabab boʻlishi mumkin. Eʼtiborni muammo paytida emas, hammasi yaxshi paytda bering.

Bu qoida farzandalar va ota-onada ham ishlaydi.

Buni judayam qo’rqinchli tomoni bor.

Farzand yoki ota-ona sizning e’tiboringiz yetishmaganligi uchun kasal bo’lib qolishadi.

Mani farzandim yo’q, lekin bor insonlarni bolasi kasal bo’lganida umuman yonidan ketmasdan hamma aytgalarini qilishadi. Nima so’rasa olib berishadi.

Farzand/ona buni taqdirlash deb qabul qiladi.

“Nimani taqdirlasangiz shuni olasiz”

Keyin farzand/ona e’tibor talabida juda ko’p kasal bo’lishni boshlaydi.

Kimdir yomon vaziyatga tushganida emas, hammasi yaxshi paytda e’tibor bering!

Har kuni ota-onangizdan telefon qilib xabar oling, do’stlaringiz bilan hammasi yaxshi paytda muloqotda bo’ling, ularni eslang.

E’tiborni ayamang!

Asl postni Telegramda ochish →