Nimani taqdirlasangiz, shuni olasiz
Siz doimiy taqdirlayotgan narsangizni olasiz. Yomon ishga eʼtibor berib, yaxshisini eʼtiborsiz qoldirsangiz, yomon xulq kuchayadi, shuning uchun yaxshi ishni ragʻbatlantirib, yomonini ignor qilish kerak.
Bu qoida boshqaruv haqidagi tushunchamni butunlay o'zgartirib yubordi.
"Вы получаете то, что продолжительно награждаете"
Siz doimiy ravishda taqdirlab kelayotgan narsangizni olasiz.
Misolda tushintiraman.
Keling bolaga nisbatan "e'tiborni" — taqdirlash deb olamiz.
Ota-onalarda qaysi bolaga e'tibor kuchli? Yaxshi bo'lagami yomon bo'lagami?
Albatta yomon bo'laga ko'proq e'tibor qaratiladi, unga baqirish kerak, tarbiyalash kerak, o'rgatish kerak.
Bola yomon ishlarni qilgani uchun siz unga e'tibor qaratayabsiz — siz uni taqdirlayabsiz.
Bu yomon e'tibormi yoki yaxshi e'tibormi bolaga farqi yo'q, u buni taqdirlash deb qabul qiladi.
Keyingi safar bola taqdirlanmoqchi bo'lsa yana yomon qiliqlarini qiladi. Chunki shu orqali e'tibor olishini bilib qolgan.
Tushunyabsizmi?
Eng qizig'i bu qonun xodimlarda ham ishlaydi.
Biz har safar yomon ish qilgan xodimni urushib, unga e'tibor qaratamiz, u bilan band bo'lamiz. Uni taqdirlayabmiz.
Yaxshi xodim esa bir chekkada hech qanday e'tiborsiz qolip ketadi.
[Dunyodagi eng yomon narsa ignor. Onangiz sizni urushishidan ko'ra, umuman sizga e'tibor bermay qo'ygani qo'rqinchliroq.]
Siz yomon xodimni urushishdan ko'ra, yaxshi ish qilgan xodimni uning yonida rag'batlantirishingiz va unga nisbatan esa be'etibor bo'lishingiz unga qattiqroq va yaxshiroq ta'sir qilar ekan!
Yana bir marta o'qing!
Agarda xodim bitta bo'lsachi? Unda uning o'zining yaxshi qilgan ishlariga e'tibor qaratib, yomon ish qilganida ignor qilish usuli orqali ularni o'zgartirish mumkin ekan.
Keling yana bir misol ko'ramiz, tushunarli bo'lishi uchun.
Uyga keldingiz, qarasangiz 1 farzandigiz topolon qilib yuripti, ikkinchisi esa jim o'tirib kitob o'qiyapti.
Topolon qilayotgan farzandingiz yoniga kelib urushishni o'rniga, 2-farzandingiz oldiga borib uni maqtab, keyin yur ko'chaga chiqib birga futbol o'ynaymiz yoki aylanamiz desangiz, topolonchi farzandning miyyasida savol paydo bo'ladi, nima uchun e'tibor unda degan. Va sizning oldingizga kelib maniyam olib keting deydi, shunda unga nima qilish kerakligini tushuntirishingiz kerak bo'ladi.
Tushunarli yozgan bo'lsam reaksiya qoldiring va izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
Mana bu insaytning manbaasi
Asl postni Telegramda ochish →