Kanalga obuna
Fikr · 18-mart, 2026

Reaksiya emas, amal: yongʻin misoli

Voqea yuz berganda unga reaksiya bildirish bilan emas, voqelikni oʻzgartirish bilan shugʻullanish kerak. Daraja oshgan sari vision, tizim va jamoa zarur boʻladi.

Har oy aniq topishim mumkin bo'lgan $10.000+ pulni, olishimga to'sqinlik qilayotgan yana bir yomon odatim bor. Bu ham fikrlash bilan bog'liq bo'lgan, atrofdagilardan yuqqan narsa.

Har qanday odamni hayotidan qandaydir voqea / holat yuz bersa unda 2 ta yechim bo'ladi.

1. Bu voqea haqida o'ylash va unga reaksiya bildirish. 2. Voqelikka ta'sir ko'rsatish, uni o'zgartirishga urunish.

Buni tushunish uchun keling 2 ta odam kotta binoda yong'in chiqsa qanday yo'l tutishini ko'rib chiqamiz.

Birinchi odamning reaksiyasi: • Voy dod yong'in chiqdi endi nima qilamiz • Qayerdan qochsak bo'ladi • Hammamiz tamom bo'lamiz • Lift ishlamayapti • Nafas yetmyapti • Yordam kerak deb panika qiladi, lekin yong'inni o'chirish uchun hech narsa qilmaydi. Faqat yechim haqida o'ylaydi. • Endi bir nechta qavatda yong'in bo'lsa unda uni o'zini fikrlari yeb bitiradi, yong'in emas.

Ikkinchi odamda esa reaksiyani o'zi yo'q → unda amal bor. • U o'ylab o'tirmasdan yong'inni o'chirishga urunadi. • O'ylab o'tirmasdan evakuatsion zinaga yuguradi. • Qochishga joy bo'lmasa oynadan sakraydi.

Yani u o'ylashni o'rniga voqelikni o'zgartirishga xarakat qiladi.

Bu faqat loyihalardami? Yo'q hamma joyda ishlaydi • sportda • ovqatlanishda • kun tartibida • biznesda • moliyada

Endi shu yong'inni 10 ta ishlayotgan loyihangizda biznes egasi sifatida tasavvur qilsangiz nima deyotganimni tushunasiz.

Nima uchun o'zi bunday bo'ladi degan savol tug'uladi, darajam ko'tarilgan sayin 3 ta narsa kerak bo'lishni boshlaydi. 1. Vision (Maqsad-Murod) 2. Tizim 3. Jamoa

Bular haqida keyinroq gaplashamiz.

Asl postni Telegramda ochish →