Sizni orqaga tortadigan 7 narsa
Perfeksionizm, qiyinchilikdan qochish, solishtirish, bahona va boshqa yetti holat aslida miyaning himoya tizimi. Ularni ish va amal oʻrtasida zudlik bilan aniqlash kerak.
Shu 7 ta narsa sizni doim orqaga tortadi.
1. Perfektsionist bo'lish — hamma narsa ideal bo'lishini hohlaysiz. Bir ishni boshlashga ketadigan vaqtdan ko'ra tayyorgarlikka ko'proq vaqt sarflaysiz.
2. Qiyin ishlardan qochish — doim qulaylikga intilish. Sal ish qiyinlashsa tashlab ketish. Doim oson yo'lni qidirish.
3. Boshqalar bilan o'zini solishtirish — e'tibor doim o'zidan kuchli bo'lgan odamlarning natijalariga qaratilgan bo'ladi. Doim o'zini boshqalar bilan solishtirib yuradi, shu bilan ishni ham boshlay olmaydi.
4. Qilinmagan ishlardan muammo yaratish — hali bir ishni boshlamasdan turib kelajakdagi muammolar haqida o'ylaydi. Biznes qilib bankrot bo'lsamchi? Sport bilan shug'ullanib qo'limni sindirib olsamchi va hokazo.
5. Axmoqlik — nima qilish kerakligini biladi, lekin qilmaydi. Pul topish bo'yicha 10 ta kurs tugatadi, lekin bilimim kam deb yuraveradi.
6. Shaxsiy fikrga va rejaga ega bo'lmaslik — hozir nima qiziq va daromadli ko'rinsa o'sha narsa bilan shug'ullanadi. Bir narsani boshini ushlamaydi. Doim kitoblarni, kurslarni, sportni, ishni o'zgartiradi. Oxirida hech narsasiz qolib ketadi.
7. Bahona izlash — har doim bahona qidiradi. Yugurish uchun krossovkam yo'q. Kurs uchun pul yo'q. Ishlash uchun tanish-bilish yo'q. Kitob o'qish uchun vaqt yo'q va hokazo.
Bu narsalar shu 2 ta jarayonni o'rtasida paydo bo'ladi. Sizning vazifangiz uni o'sha zahoti aniqlash.
[Qilinishi kerak bo'lgan ish] ........ [O'sha ishni qilis (amal)]
Yuqoridagi 7 ta narsa miyyani himoya tizimi. Miya doim havfsizlikda bo'lish, qiynalmaslik, qulaylikni hohlaydi.
Doim bir ishni qilishga qiynalganingizda shu 7 ta punktni eslash kerak.
Asl postni Telegramda ochish →