Kanalga obuna
Keys · 11-dekabr, 2025

London metrosi va psixologik yechim

London metrosida poyezd kelish vaqti taymerlari oʻrnatilib, shikoyatlar 80% gacha kamaygan, chunki odamlar kechikishdan emas, nomaʼlumlikdan jahli chiqqan. Psixologik yechimlar arzon va samarali, AI esa asosan mantiqiy yechim beradi.

1980 yilllarda "London Underground" metro tizimiga e'tirozlar juda o'shib ketgan, hamma poezdlar sekin yurishi, kech kelishidan norozi bo'lgan.

Qimmat lekin mantiqiy yechim:

- yo'llarni qisqartirish - jadvalni o'zgartirish - yangi poezlar sotib olish - infrastrukturani o'zgartirish bo'lgan. Lekin buning uchun yuz millionlab funt sterling pullar kerak bo'lgan.

Lekin doim yechimni psixologik usuli mavjud. U doim arzon lekin samarali bo'ladi. Bu yerda ham millionlab pul va vaqt sarflashni o'rniga UX (User expirience) mutaxassislar psixologik yechimni topishgan. Metro stansiyalariga "vaqt indikatorlarini" yani poezd necha daqiqadan so'ng yetib kelishini ko'rsatadigan taymerlar o'rnatishgan.

Odamlar aslida poezd sekin yurishidan emas, noaniqlikdan jaxllari chiqishgan.

Bu yechim juda arzonga tushgan va e'tirozlarni 80% gacha tushirgan.

Bu jarayonni tezlashtirishga emas, odamlarni xolatga boshqacha qarashga majbur qilishgan.

Bu yechim Londonda paydo bo'lmagan, lekin aynan ular bu keysni dunyoga mashxur qilishgan.

Buni nima uchun yozdim?

Bu ko'nikmani o'rgansangiz AI sizni joyingizni olib qo'yishi juda qiyin.

Chunki AI doim mantiqiy yechimlarni beradi, odam esa psixologik yechimlarni o'ylab topishga qodir.

Aynan shunday yechimlar haqida batafsil Alex Hormozi'ning "100 million offers" kitobida yozilgan.

P.S

UX faqat web dizaynda ishlatilmaydi.

Asl postni Telegramda ochish →