Kanalga obuna
Kitob konspekti · 29-yanvar, 2026

Imom Gʻazzoliy: doʻstlikning sakkiz haqqi

Imom Gʻazzoliy fikrlari asosida haqiqiy doʻstlik masʼuliyat ekani va doʻstning sakkiz haqqi bayon qilinadi. Doʻstlar oxiratdagi eng katta kapital deyiladi.

Do‘stlik — bu dunyoviy tanlov emas. Bu oxirat mas’uliyati.

Bir kuni o‘zing bilan yolg‘iz qolasan. Na pul gapiradi. Na mavqe. Na tanish-bilish.

Faqat savol bo‘ladi:

Sen kimlar bilan yashading? Kimlar bilan kulding? Kimlar bilan gunoh qilding? Va kimlar bilan Allohni eslading?

Yaqinda Imom G‘azzoliy rahimahullohning do‘stlik haqidagi fikrlarini o‘qidim. Bu oddiy kitob emas — ogohlantirish ekan. Achchiq haqiqat ekan.

Do‘stlar — oxiratdagi eng katta kapital

Imom G‘azzoliy aytadi:

Oxirat kuni uchun ko‘proq do‘stlar orttiring. Chunki Qiyomat kuni mo‘minlar bir-biriga shafoat qiladi.

Tasavvur qiling: Qiyomat kuni. O‘zingni oqlashga so‘zing yo‘q. Amallaring yetmaydi. Va shu payt bir do‘sting chiqadi:

“Yo Robbim, bu banda bilan men dunyoda Sen uchun do‘st edim…”

Savol: Sizning hayotingizda shunday do‘st bormi? Yoki sizning do‘stlaringiz faqat vaqt o‘tkazish uchunmi?

Haqiqiy do‘stlik — nikoh kabi og‘ir ahd.

Imom G‘azzoliy aytadi:

Haqiqiy do‘stlik er-xotin o‘rtasidagi nikohga o‘xshaydi.

Ya’ni: • vaqtinchalik emas • manfaat uchun emas • kayfiyatga qarab emas

Bu mas’uliyat.

Do‘stning senda 8 ta haqqi bor. Agar bittasini buzsang — sen shunchaki tanishsan, do‘st emas.

1. Mol haqqi — “Bu mening pulim” degan joyda do‘stlik o‘ladi

Agar:

do‘sting muhtoj bo‘lsa, sen esa bahona izlasang — bil: do‘stlik sinovdan o‘tmadi.

Do‘stining ehtiyojini o‘z ehtiyojingdek bil.

Qur’onda: Ular o‘zlari muhtoj bo‘lsalar ham, boshqalarni o‘zlaridan ustun qo‘yadilar. (Hashr, 9)

2. Yordam haqqi — ko‘z-ko‘z qilinmagan yaxshilik

Haqiqiy do‘st:

• sezdirmay yordam beradi • kasal bo‘lsa, bahona topmay boradi • muammoga “vaqtim yo‘q” demaydi

Savol: Do‘stlaring muammoga tushganda sen yonidamisan yoki g‘oyib bo‘lasanmi?

3. Suhbat haqqi — orqangdan gapirmaydigan odam

Haqiqiy do‘st:

• aybingni oshkor qilmaydi • sirni sotmaydi • yo‘qligingda seni himoya qiladi

Agar do‘sting sen yo‘q paytingda seni yomonlasa — u dushman, faqat niqobda.

4. Til haqqi — til bilan quriladi, til bilan buziladi

Shuning uchun:

• yaxshi so‘z ayt • g‘iybat qilma • sevishingni ayt

Chunki ba’zan bitta iliq so‘z do‘stni gunohdan saqlab qoladi.

5. Xato haqqi — tark etish emas, to‘g‘rilash

Haqiqiy do‘st:

• gunoh ko‘rsa, tashlab ketmaydi • muloyimlik bilan qaytaradi • 1 xatoga 70 uzr topadi

6. Duo haqqi — orqangdan aytilgan duo

Do‘sting uchun duo qil. Chunki farishta:

“Omin, senga ham xuddi shunday bo‘lsin” — deydi.

Qaysi do'sting sening nomingni tunda Allohga aytmoqda?

7. Vafodorlik — o‘lim bilan tugamaydigan aloqa

Do‘st o‘lsa ham:

• oilasidan xabar ol • nomini duo bilan tirik tut

8. Eng umumiy haqq — yoningda yolg‘iz qoldirmaslik

Do‘st:

• seni tashvishga solmaydi • zulm qilmaydi • dinga ham, dunyoga ham yordam beradi • o‘zi istagan narsani senga ham ravo ko‘radi

Rasululloh ﷺ:

“O‘zing uchun istagan narsani birodaring uchun ham istamaguncha iymoning komil bo‘lmaydi.”

Sizga oxirgi savolim:

Bugun sizning atrofingizdagilar:

Sizni Allohga yaqinlashtiryaptimi? yoki sekin-sekin uzoqlashtiryaptimi?

Do'stingizga yuborib qo'ying!

📖 Izohda kitobni rasmini qoldiraman

Asl postni Telegramda ochish →