Soʻnggi kunlardagi hayotiy xulosalar
Rozilik baraka olib kelishi, energiyani boshqarish va daromadni teng qismlarga ajratish haqida besh xulosa berilgan. Asosiy gʻoya: baraka tizimli va hisob-kitobli ishda boʻladi.
Oxirgi kunlarda har hil yo'nalishlarda olgan xulosalarim bilan bo'lishmoqchiman.
1. Nolish barakani qochiradi, rozilik barakani oshiradi. Har qanday xolatga roziman deyish, xayotingizni juda qattiq o'zgartirib yuboradi.
2. Maqsadlarga faqat ularga loyiq bo'lganingizda, mas'uliyatini olishga tayyor bo'lganingizda, erishish uchun hamma xarakatni qilganingizda, bor narsangizga shukr qilganingizda, natijani yaratganga tashlaganingizda erishasiz.
3. Baraka doim tizimli xisob kitobli ishda bo'lar ekan. Kuningizda baraka bo'lishini istasangzi rejalashtiring, keraksiz narsalarni yoqoting. Pulingizda bo'lishini istasangzi to'g'ri xisob-kitob qiling, to'g'ri taqsimlang, ehson qiling.
4. Eng qimmat resursimiz quvvatimiz (energiyamiz). Energiya bo'lmasa 24 soat bo'sh vaqtingiz bo'lsa ham hech narsa qila olmaysiz. Vaqtingizni emas, quvvatingizni boshqarishni o'rganing. Fokus qayerda bo'lsa o'sha joyga energiya ketadi. Telefonda bo'lsa telefonga, ishda bo'lsa ishga, o'yinda bo'lsa o'yinga.
5. Har safar qo'lingizga pul tushganida 3 ta qismga ajrating. 10% — kapital 10% — ota-ona 10% — ehson 10% — o'zingiz uchun
10.000 tushsa ham 10 mln tushsa ham shunday bo'linadi.
Xulosalarni bir qismini Muhammad Rahmatullaevdan oldim
Asl postni Telegramda ochish →