Notoʻgʻri konfiguratsiya zarar keltiradi
Ishni boshlashdan oldin bilim, resurs, mablagʻ, tanish, joy va sharoit tayyormi, deb tekshirish kerak. Notoʻgʻri bazada qilingan har qadam zarar keltiradi, shunda toʻxtab sozlash yoki noldan boshlash afzal.
Bu qoidani bilmasangiz — har bir tashlagan qadamingiz, har boshlagan ishingiz, har bir olgan loyihangiz sizga faqat zarar keltiradi.
🎿 Chang'i uchishga birinchi marta borgan odam agar noto'g'ri razmerdagi ekipirovkani kiyadigan bo'lsa — bu u kishining umurtqasi, tovoni, tizzasi va barmoqlari qiyshayib sinishiga olib kelishi mumkin. Uchishga ham qiynaladi, juda ko'p yiqiladi va charchaydi.
Agentlik ochgan paytimda ham olgan har bitta loyihamizdan 2 tomonlaman zarar ko'rganman. 💰 Moliyaviy qarzga kirganman ⏰️️ Deadline o'tgani tufayli obro yoqotganman.
O'sha payt hech narsa qilmaslik manga foydaliroq bo'lib qolgan. Chunki har bir qadam zarar keltirayotgan edi.
⚠️ Sababi — noto'g'ri baza (konfiguratsiya) bilan ish boshlaganim.
Har bir ishni boshlashdan oldin birinchi navbatda konfiguratsiya o'zi tayyormi? To'g'rimi degan savolga javob berish kerak ekan.
⚙️ Konfiguratsiya o'zi nima?
1. Kerakli bilimlar bormi? 2. Kerakli resurslar bormi? 3. Kerakli mablag' bormi? 4. Kerakli tanishlar bormi? 5. Kerakli joy bormi? 6. Kerakli sharoit tayinmi?
Konfiguratsiya bu tayyorgarlik. Bu resurslar. Kerakli sozlamalar. To'g'ri niyat. (To'g'ri konfiguratsiya — chang'iga chiqganingizda to'g'ri va sizga mos ekipirovka bilan chiqish)
To'g'ri fikrlash ham konfiguratsiya. Agar bir ishni boshida bu narsani to'g'irlamasangiz, keyingi tashlagan har bir qadamingiz sizga zarar keltirishi mumkin.
Agar ishni boshlab qo'ygan bo'lsangizchi? (agar zararga ketayotgan bo'lsangiz) Unda yoki to'xtab konfiguratsiyani sozlang yoki noldan boshlash afzalroq bo'ladi.
Hozir qilayotgan ishingizni tahlil qilib ko'ring. To'g'ri konfiguratsiyadami yoki yo'qmi?
Asl postni Telegramda ochish →