Maqsadni yaqinlar bilan bogʻlang
Oʻzingizga bergan vaʼdani buzish oson, birovga bergan vaʼdani esa yoʻq. Maqsadlaringizni yaqin insonlar bilan bogʻlasangiz, masʼuliyat va kuch ortadi.
O‘zingizga va’da berasiz — buzib yuborasiz. Va darrov o‘zingizni kechirasiz.
Birovga va’da berasiz — bajarmasangiz ichingiz eziladi. Uyat. Bosim. Mas’uliyat.
Farqni sezdingizmi?
→ O‘zingizga va’da bersangiz: “Bugun dam olay, ertaga boshlayman”.
→ Birovga va’da bersangiz: “Hozir qilmasam, sharmanda bo‘laman”.
Agar va’da bergan insoningiz sizga yaqin bo‘lsa — bu bosim yana ham kuchayadi.
Eng qiziq joyi: deyarli hammada shunday.
Endi savol, buni qanday qilib o'z foydamizga ishlatamiz?
Shaxsiy maqsadlaringizni siz uchun qadrli bo‘lgan insonlar bilan bog‘lang.
Faqat “men xohlayman” degan maqsadlar emas, yaqinlaringizni ham xursand qiladigan maqsadlar qo‘ying va ularga ayting (Ommaga emas. Yaqin insonlarga.)
Misol: O‘zingizni ta’minlash uchun $2000 yetarli. Lekin yaqinlaringizni ta’minlash uchun $5000 ham kamdek tuyuladi.
Maqsadlaringizni o'zgartirsangiz:
→ ko'proq mas'uliyat beradi → ko'proq kuch beradi → kottaroq maqsad qo'yishni boshlaysiz → maqsadingizda ma'no paydo bo'ladi → kuchliroq ishlashni boshlaysiz.
Hozir maqsadlaringiz ro‘yxatiga qarang. 90% — faqat o‘zingiz uchun. 10% — boshqalar uchun.
Bitta maqsadni o‘zgartirib ko‘ring. Uni yaqin insoningiz bilan bog‘lang. Va natijani kuzating.
Endi bu insonlar o'rtasidagi munosabatlar va dunyoviy maqsadlarda. Agarda jamiki maqsadlaringizni Alloh bilan bog'lasangiz ... U beradigan kuchni ta'riflash ham qiyin.
Asl postni Telegramda ochish →