Kanalga obuna
Motivatsiya · 23-mart, 2026

Oʻzgarish uchun holni oʻzgartirish

Oʻzgarish shaxsiyat va ichki holatni oʻzgartirishdan boshlanadi. Tayyor boʻlishni kutmang: boshlasangiz, tayyor boʻlasiz.

"Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmaguncha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas".

Ko'pchiligimiz bu oyatni eshitganmiz, lekin hayotimiz o'zgarmaydi. Bir tadbirkor shuni juda zo'r tushuntirib bergan, xulosasini yozaman.

Sababi oddiy: ular o'zgarishni xohlaydi, lekin holini o'zgartirmaydi. Hol 2 ta narsa: → Shaxsiyat → Ichki xolat

Shaxsiyat: → Xarakter → Qadriyat → Odatlar → Dunyo qarash

Ichki xolat: → Xissiyotlar → Energiya → Fokus → Ichkingizdagi suxbat

Bizda o'zgarish bo'lishi uchun yuqoridagi narsalarni o'zgartirishimiz kerak.

Lekin ko'pchilik kutadi. Qulay vaqtni. Yordam kelishini. O'zidan o'zi o'zgarishini. Eng ko'p ishlatadigan bahona: "Tayyor bo'lganimda boshlayman." Tayyor bo'lish — his emas. Bu tanlov. Biror ishni ikkinchi marta qilayotganda "tayyorman" degan his paydo bo'ladi. Birinchi marta — hech qachon tayyor his qilmaysan. Boshlasang — tayyor bo'lasan.

Siz hayolingizda eng zo'r, eng kuchli odam bo'lishingiz mumkin. Orzularingiz sizni kim ekanligingizni emas — kun davomida qilayotgan ishlaringiz kimligingizni ko'rsatadi. Natijaga erishmoqchi bo'lsang, avval o'sha natijaga munosib bo'l

Asl postni Telegramda ochish →