Jarvis 351 ta chatni 10 daqiqada tahlil qildi
Jarvis 5 oylik Telegram yozishmalarini tahlil qilib, qolib ketgan ishlar, yopilmagan mijozlar va potensial mijozlar roʻyxatini 10 daqiqada tayyorladi. Insonga haftalar ketadigan ish biznesda katta pul tejaydi.

Shu kungacha AI Jarvis yordamida qilgan eng katta ishim bu:
Jarvisga telegramimda oxirgi 5 oyda gaplashgan barcha insonlar bilan bo'lgan muloqotlarni o'rganib chiqib, ularni orasida:
• Qaysi ishlar qolib ketgan • Men nimalarni esdan chiqarganman • Kimlar bilan ishni rejalashtirib oxirigacha bormaganmiz • Qaysi mijozlar bilan ishimiz yopilmagan • Kimlar bilan uchrashuvlarimiz rejalashtirilib, ammo oxiriga bormagan • Potensial mijozlar ro'yxatini
O'rganib chiqishini buyurdim. Chamasi 10 daqiqa ichida 351 ta chatni tahlil qilib, menga xisobot tayyorlab u insonlarning "username" va qilish kerak bo'lgan ishlarni ro'yxatini tuzib berdi 🤯
Bu ishni o'zim qilishim uchun haftalab vaqtim ketgan bo'lar edi. Endi tasavvur qiling biznesga integratsiya qilsa qancha pulni saqlab qolish mumkin.
Asl postni Telegramda ochish →