Kanalga obuna
Qoʻllanma · 27-sentabr, 2026

Claudega yozish uslubingizni oʻrgatish

Oʻz chatlaringizni Claudega berib, voice.md fayli yaratish mumkin. Shundan keyin AI sizning oʻrningizga sizdek yozadi, robotdek emas.

Bugun Claudega 6 oylik chatlarimni berdim. Faqat men yuborgan xabarlarni.

Natija: • 634 ta chat • 13 704 ta xabar • yarmidan koʻpi 3 soʻzdan oshmaydi • 🤝 ni 424 marta ishlatibman, • xabarlarimning yarmidan koʻpi 1 daqiqa ichida ketma-ket ketadi

Men abzas yozmas ekanman. 3–4 ta qisqa xabar ketma-ket yuborar ekanman.

Hammasi bitta faylga tushdi: voice.md. Endi Claude mening oʻrnimga javob yozishdan oldin shu faylni oʻqiydi.

Mana prompt. Oʻzingizga nusxalang:

Telegramdagi oxirgi 6 oylik chatlarimni tahlil qil. Faqat men yuborgan xabarlarni ol.

1. Kim bilan qanday gaplashaman 2. Qaysi patternlar takrorlanadi 3. Qanday xatolar qilaman 4. Xabarlarim tuzilishi 5. Gaplarim uzunligi 6. Mening lugʻatim

Natijani voice.md fayliga yoz. Maqsad: mening oʻrnimga javob berganingda xuddi mendek gapirishing.

Xulosa bitta: AI robotdek gapirsa, aybi AI da emas. U hali sizni tanimaydi.

AI sizning oʻrningizga kimga javob berishini xohlardingiz? Izohda yozing.

Asl postni Telegramda ochish →