Qurilish uchun mini agent va tartib
Telegram bot va Claude oʻrnatildi, lekin ish tartib va yoʻriqnoma yozilgandan keyingina yurdi. Agentni oʻrnatish oson, uni ishlaydigan qilish qiyin.

Angliyada yashaydigan mijozimning qurilishi Maxachqalada (Dog'iston) ketyapti.
U uyg'onganda obyektda allaqachon ish qizigan bo'ladi: vaqt farqi 2-3 soat.
Hamma narsa WhatsApp'da. Prorab ovozli xabar tashlaydi, snabjenets smeta yuboradi, brigada rasm.
Unga mini agent o'rnatib berdik: Telegram bot, ichida Claude, ovozli xabarlarni Whisper taniydi.
Lekin aslida botning o'zi hech narsani hal qilmaydi. Bot turibdi, odam esa haliyam WhatsApp'da 7 daqiqalik ovozlilarni eshitib o'tiribdi.
Shuning uchun keyingi qadam yangi instrument emas, tartib bo'ldi. 10 betlik yo'riqnoma yozdim:
• WhatsApp'dagi xabarni botga 5 soniyada o'tkazishning 4 usuli • Qurilish uchun 12 ta ssenariy, har biri tayyor gap bilan: smetani tekshirish, to'lovlar jurnali, prorab hisoboti, shartnomadagi risklar • Kun tartibi: ertalab 10 daqiqa, kechqurun 5 daqiqa • Botga nimani yubormaslik kerak • 14 kunlik joriy qilish rejasi
Masalan: snabjenets "40 kub beton kerak" deydi. Jarvis plita o'lchamidan hisoblaydi: 18 × 12 × 0,2 = 43,2 kub. Va prorabga qaysi savolni berishni aytadi.
Hozir keyingi bosqich ustida ishlayapman: Jarvis WhatsApp'dagi ovozli xabarlarni o'zi oladi, kim yuborganini aniqlaydi va Telegramga qisqa xulosa tashlaydi.
Agentni o'rnatish aslida qiyin ish emas, uni ishlaydigan qilish qiyin masala.
Hozir tadbirkorlar AI biznesiga kiritish bo'yicha suxbatlarni boshlaganman, orangizda tadbirkorlar bo'lsa izohda + belgisini qoldiring, sizning biznesigizda qanday yechim qilish mumkinligini ko'rib chiqamiz.
Asl postni Telegramda ochish →