Kanalga obuna
Keys · 24-avgust, 2026

Ingliz tili darslari uchun AI agentlar

Individual ingliz tili darslari uchun AI agentlar dars audiosidan reja, test, feedback, taqdimot tuzadi, moliya va mijozlarni nazorat qiladi, hammasini Jarvis boshqaradi.

Ingliz tili darslari uchun AI agentlar

Ingliz tilidan individual darslar uchun bir nechta AI agentlarni yasadik.

Agentlar nima qiladi?

1. Darslarni audio zapisini eshitib, shu dars asosidan o'quvchining shaxsiy kabinetidagi o'quv rejasini tuzadi. (har safar yangi dars o'tilganda dars tempi va mavzulardan kelib chiqib rejani qayta tuzadi, yoki shu darslarga moslashtiradi) 2. Darsni eshitib chiqib darsda o'tilgan so'zlardan o'zi test yasaydi. 3. Har bir dars uchun feedback beradi. 4. Keyingi dars uchun taqdimot tayyorlaydi va oldindan rejaga kiritib qo'yadi. 5. Har kuni ertallab va kechki payt barcha o'quvchilar bilan bo'lgan telegram chatdagi suxbatlarni o'qib chiqadi va darslarni mavzusi va jadvalni kalendarda rejalashtiradi. 6. Har bir o'quvchini moliyasini nazorat qiladi, kerakli sanalarda eslatadi. 7. Telegramda gaplashilgan potensial mijozlarni ro'yxatini shakllantirib boradi va ularga takliflarni o'zi tayyorlaydi. 8. Dars kunlari mijozlarga eslatma yuboradi, darsdan so'ng o'zi feedback yozadi.

Bu o'rnatilgan funksiyalarni bir qismi.

To'liq barcha jarayonlarni web app ichida kuzatib turish mumkin, va telegram bot ichida boshqarish mumkin. Bu tizimni hammasini esa Jarvis orkestratsiya qiladi.

Asl postni Telegramda ochish →