Kanalga obuna
Fikr · 11-iyun, 2026

Kuchli mutaxassisga kamchilik kechiriladi

Jobs, Ronaldu va Mask misolida koʻrsatilgan: odamlar kamchiliklarga faqat kuchli mutaxassisga nisbatan koʻz yumadi. Xulq-atvorni oqlash emas, kamchilikni kuchli natija bilan qoplash kerak.

Odamlar bitta xolatda sizni kamchiliklaringizga ko'z yumishadi — shug'ullanayotgan ishingizda o'ta kuchli mutaxassis bo'lsangiz.

1. Stiv Jobs - xodimlarga baqirgan, odamlarni daholar va axmoqlarga ajratgan, chidab bo'lmas xarakterga ega bo'lgan. Lekin odamlar Apple'ni qurganini eslashadi.

2. Cristiano Ronaldo - har bir klubda alohida e'tibor talab qiladi, o'zini birinchi o'ringa qo'yadi. Lekin 900 ta gol hammasiga ko'z yumishga majbur qiladi.

3. Ilon Mask - xodimlarni twiterda o'tirib ishdan bo'shatadi, ish xonada yotib qolishga majbur qiladi, lekin Space X hammasini unutishga majbur qiladi.

Bu yerda gap yomon xulqli bo'lishda, xohlagan ishni qilishda, ularni bunday xulqini oqlashda emas. Odammiz, xatolar qilamiz, kamchiliklar bo'ladi. Ularni o'rnini bosish uchun o'ta kuchli mutaxassis bo'lishingiz kerak.

Asl postni Telegramda ochish →