Keraksiz romantika: oddiy ishni qilish
Dunyoni oʻzgartirish haqidagi motivatsiya oʻrniga, 2000$ ga chiqqanlar shunchaki kerakli ishni har kuni qilishadi. Muallif 50-60 kishi bilan suhbatdan xulosa qiladi.
Keraksiz romantika
Bugun reelslarni orasidan eski Steve Jobs kinosidan kadrlar chiqib qoldi.
- Think different! - Biza ular emasmiz, boshqacha qilamiz! - Srochno dunyoni o'zgartirish kerak, deadline ertaga!
Xullas o'she kremniy vodiysi hikoyalari.
Blog boshlaganimdan beri lichkamga yozib turishadi. 50-60tacha odam bilan gaplashdim. SMM/ Target / Mobilograflar va hokazo.
Tepadan qaraganda bitta umumiy faktor bor ekan.
Yuqoridagi dunyoni o'zgartirishga qaratilgan motivatsiya, darajasi to'g'ri kelmaydigan odamlar uchun zararli! Foydasidan zarari ko'p.
10-15tasi bilan o'tirib gaplashib ham ko'rdim)
Ikki guruhga ajratamiz)
- 500$-800$ da qotib qolganlar -2000$- 5000$ orasidagilar
Ikkinchi guruh bilan gaplashish mazza.
"Oka shu disez LTV pasayib ketvotti, oshirish uchun nima qisamakan? "Trafficga pul ishlatvomman, konversiya pastlik qivotti" "Jamoani kengaytirmoqchiman, X, Y ,Z pozitsiyalariga kimni qo'ygan yaxshi?"
Aniq savollar, bilsam javob beraman. Bilmasam, bilmayman deyman. Shu bilan hamma yutadi.
Hamma shou birinchi guruhdagilar bilan bo'ladi.
Salom alik qilamiz. Qancha topishini va nima qivotganini bilib olganimdan keyin odatda bitta savol beraman - "O'zi nima xohlaysan, qanaqa yashamoqchisan?" deb so'rasam 90%da javob bitta.
Diqqat! Dialog quyidagicha:
- Qanaqa yashashni xohlaysan? - 1000-2000$ ga chiqmoqchiman. - A qanaqa yashashni xohlaysan? - emmm...
Yaxshilab gaplashgandan keyin esa aniq bo'ladi. 90% shunaqa gaplashvotganlani har bittasi 2000$ga chiqish sxemasini bilishadi, faqat bajarishmayabdi.
Har bittasi.
A bilsen, nega qimayabsan deb so'raganimda eng qiziq joyi boshlanadi)
"Motivatsiya yo'q" , " Fikrlashimni o'zgartirishim kerak" , "Qo'rquvlarimni yengishim kerak" , "Komfort zonaga tushib qoldim"
"EEEE stop stop, hozir 5 minut oldin manga 500$ yetmayabdi, ko'pro pul topmoqchiman deb turganding. Qanaqa komfort zona haqida gaplashvommiz, jinnimisan?" deb o'ylab qo'yaman. Qiziq holat xullas. So'kibersammikanam deb o'ylab qolaman, a mayli deb tugatamiz)
Aytgancha nega Stiv Jobsdan boshladik deysizmi?
Xullas, atrofimda juda ko'pchilik do'stlarim, tanishlarim o'sha siz chiqmoqchi bo'lgan summalarda anchadan beri yashashadi. Hozir bitta qo'rqinchli sirni ochaman.
Ular ham xuddi sizga o'xshagan odam) Shunchaki qilinishi kerak bo'lgan ishni qilishayabdi. Bo'ldi, shu.
O'zlarini oldiga 459 yil uchun abstrakt vazifalarni qo'yishmayabdi, dunyoni mexanizmlarini o'zgaritirishga harakat qilishmayabdi.
Shunchaki qilinishi kerak bo'lgan ishlarni qilishayabdi. Har kuni. Doimiy tarzda. Qo'llari bilan.
Ishchi olish kerakmi? Okay olamiz. Yangi voronka test qilish kerakmi? Let's go Reklama yoqish kerakmi? Yoqamiz. Byudjetni oshirish kerakmi? Oshiramiz.
Bugun qilinishi kerak bo'lgan ishlar, bugun qilinayabdi. Bo'ldi.
Oyog'i yerdan uzilmagan. Haqiqiy vazifalar, haqiqiy sroklar va haqiqiy hayotda ishlashayabdi. Bugun.
Keraksiz romantikasiz)
Asl postni Telegramda ochish →