Samarali kitob oʻqish qoidalari
Kitob oʻqishni rejalashtirish, sababini bilish, muhim joylarni belgilash, toʻgʻri ustozni tanlash va kitobni ovqat kabi meʼyorida, sekin oʻqish boʻyicha amaliy tavsiyalar.
Samarali kitob o'qish.
1. Kalendarga kitob boshlash vaqtingiz, kunning qaysi qismida va soat nechida o'qishingizni belgilang. 2. Kitobni nima uchun o'qiyabsiz? Aniq sababini aniqlang. 3. Kitobdagi muhim joylarni belgilash uchun marker kerak bo'ladi. 4. Kitobdagi kerakli joylarni eslab qolish uchun maxsus yopishtirgichlar (nakleyka) kerak bo'ladi 5. O'zining maslahatlariga amal qilib daromad ko'radigan odamning gaplariga quloq solish kerak. Misol uchun tadbirkor juda katta tavakkal qilib biznesini boshqaradi, shu asosida maslahatlar beradi, biznesiga ega bo'lmagan ustoz esa hech qanday risksiz maslahat beradi. 6. Kitob o'qishni ovqat yeyishga o'xshatish mumkin. Ovqatlarning foydalisi va zaralisi bor. Ovqatning shirin joyi va bemaza joylari bor. Ovqat tez yeb mazasini sezmay qolishingiz mumkin, birdaniga ko'p yeb bo'kib qo'lishingiz mumkin. Shuning uchun kitobni ham meyorida, samarali va sekin o'qish kerak. Ichidan amalda qo'llasa bo'ladigan joylarini chiqarib olish kerak. 7. Samarali kitob o'qish bo'yicha master-klass — https://youtu.be/nk1DrU-AEC0?si=NNr3WCxkS5ZIhGVh 8. Har bir kitob orqasiga belgi qo'yib ketish kerak, agar belgilar soni ko'p bo'lsa demak bu kitob juda ko'p o'qilgan bo'ladi, bu esa uning foydali va qiziqarli ekanini bildiradi.
Asl postni Telegramda ochish →