Kanalga obuna
Roʻyxat · 17-may, 2025

Vetnam sayohatidan 10 ta layfhak

Umid 6 kunlik Vetnam sayohatidan tajribasini beradi: oldindan reja, naqd pul, erta uyqu, byudjet taqsimoti, mahalliy kanallar. Sayohatda dam olish bilan birga kelajak rejasini ham tuzish kerak.

Vetnam sayohatidan 10 ta layfhak

Umumiy Vietnam haqidagi ma'lumotlarni berishni o'rganiga, sayohatdagi layfhaklarni berganim foydaliroq bo'ladi deb o'ylayman.

1. Uchib kelishdan avval aniq har kunlik reja bilan keling, yoki gid bilan maslahatlashib olish kerak. Yoki ChatGPT ga vazifa berish kerak. Man borishdan avval ham, borgandan so'ng ham rejalarni tuzib, boradigan joylarimni aniqlab oldim.

2. Ilojiboricha naqt pul ishlating, VISA kartadan foydalansangiz firibgarliklar ko'p, pulingizni yechib olishadi. Mandan 78$ o'g'irlashdi kartamdan.

3. Maksimal darajada ertaroq uxlashga xarakat qiling, butub tur davomida kunlaringiz tushlikkacha uxlash bilan o'tib ketadi. Tongda turib bir o'zingiz juda ko'p joylarni aylanishga vaqtingiz bo'ladi. Man o'sha 6 kun davomida deyarli har kuni 10.000 - 15.000 qadam yurdim.

4. Pulingizni olindan taqsimlab oling. Sovg'alar, ovqat, yo'l, dam olish, so'ng kunlik taqsimlang. Vietnamda kuniga 1.000.000 - 1.500.000 dong ishlatdik. (50$ - 70$)

5. O'sha yerda yashab yurgan odamlardan yaxshi lokatsiyalarni so'rashingiz mumkin, eng osoni hamma mamlakatalarda mahalliy telegram kanallar bor. Man vietnamdagi ruslarni kanalini topib o'sha yerdagi odamlar bilan gaplashdim.

6. Albatta 1 kun umuman telefonsiz aylaning, shunda haqiqiy dam olasiz.

7. Ko'pchilik faqat turistlar boradigan joylarni ko'rishadi, ko'p sayyr qilib chiroyli joylarni o'zingiz yurip toping. Google maps, tirpadvisor, internetdagi bloglardan topishingiz mumkin.

8. Oldindan GPT ga kirib bu mamlakat aholisiga nimalar yoqadi, nima yoqmaydi, qanday qoidalar borligini bilib oling. Masalan Vietnamda choychaqani xaddan oshiq ko'p bersangiz buni kamsitish dek qabul qilishar ekan.

9. Qimmat ovqatlangandan ko'ra, ko'proq pulni siz bilan doim qoladigan narsalarga sarflang. Emotsiyalar/xotiralar doim qoladi, sovg'alar doim qoladi. Ovqatni Toshkentda ham yesa bo'ladi.

10. Hamma ishlardan, muammolardan uzoqda bo'lgan paytingizda 1 kun yoki bir necha soat kelajagingiz haqida o'ylang, rejalaringizni tuzing, maqsadlaringizni yozing. Ko'pchilik sayohatga borib faqat dam olib qaytib keladi, foyda ham olish kerak.

Asl postni Telegramda ochish →