Kanalga obuna
Keys · 10-oktabr, 2026

Claude va Gemini bergan real lidlar

Ethno Logistics saytiga AI assistantlar orqali bir oyda 68 ta tashrif keldi va ikkita real buyurtma Gemini hamda Claude manbasidan tushdi. Keys yangi saytlarda ham GEO va AI SEO tez natija berishini isbotlaydi.

Claude va Gemini bergan real lidlar

Claude va Gemini’dan real lidlar: Ethno Logistics keysi 🤖📦

​Ko‘pchilik uchun sun’iy intellektdan (AI) mijoz kelishi hali ham nazariya yoki ertakdek tuyulayotgan bir paytda, bizning loyihalarimizda bu allaqachon real natijaga aylandi.

​Xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi Ethno Logistics loyihamizda erishilgan aniq natijalar:

​Sayt ishga tushganiga bor-yo‘g‘i bir necha oy bo‘ldi.

​Hamkorligimizning 4-oyiga kelib, saytni sun’iy intellekt modellarida ham tavsiya qilinadigan darajaga olib chiqdik.

​Oxirgi oyning o‘zida saytga AI Assistant orqali 68 ta tashrif (jami trafikning 30.49% i) kirdi.

​AI orqali kirganlarning saytda o‘rtacha vaqt o‘tkazish davomiyligi 57 soniyani tashkil qildi — bu klassik organik qidiruvdagidan ham yuqori ko‘rsatkich!

​Eng asosiysi — bular shunchaki ko‘rishlar emas, mijoz hisobotida qayd etilgan real buyurtmalar:

​Toshkent — Bishkek: Buyurtma manbasi — Gemini;

​Toshkent — Moskva: Buyurtma manbasi — Claude.

​Aniq yuk jo‘natish talabi bilan kelgan ushbu murojaatlar zamonaviy GEO / AI SEO yondashuvi yangi saytlarda ham qisqa muddatda qanday samara berishini isbotlamoqda.

Asl postni Telegramda ochish →