Kanalga obuna
Roʻyxat · 26-sentabr, 2026

Natijadan foiz olib qoʻshimcha daromad qilish

Tadbirkor yoki ekspertning daromadini oshirib, bajarilgan ish uchun emas, natijadan foiz olish mumkin. Postda beshta aniq model va ularning misollari keltirilgan.

5 ta qo'shimcha daromad qilish usuli.

1. Bir tadbirkor/ekspert'ni oldiga borasiz.

2. Uni quyidagi daromadini oshirishni taklif qilasiz.

3. Oshirilgan qo'shimcha daromadan sizga % berishini so'raysiz.

4. Qilgan ish uchun emas, natijadan pul olishni taklif qilasiz.

Nima taklif qilish mumkin?

1. Mijozni eski bazasini jonlantirish. Masalan mijozning bazasida 5000 ta lid bor (eski lidlar). Sizning ishingiz AI orqali shu bazani jonlantirib ularga sotuv qilish. (Sinovdan o'tkazyabman hozir)

2. Ekspertga auditoriyasi uchun yanga maxsulot sotish. Eng muhim joyi bu maxsulotni tayyorlash uchun ekspertdan minimal vaqt talab etilishi kerak. Uni reklamasi, kontent va umumiy tashkiliy ishlarni o'zingiz qilasiz. (Oldin bu ishni qilganman)

3. Yangi trafik kanalini yaratish evaziga daromad. Biznes faqat targetdan oyiga $10.000 ishlaydi. Telegram ads yoki Google ads uning yo'nalishida yaxshi natija beradi. Saytni o'zingiz xisobingizdan qilasiz, reklamaga o'zingiz byujet ajratasiz. Sotuvdan % olasiz. (Hozir shu bilan shug'ullanaman)

4. Agentlik bor (IT, Performance, Marketing, Videografiya va hokazo) xizmatini narxi $2000+ oyiga. Siz har bir olib kelgan mijozdan doimiy ravishda sizga kichik % berishini taklif qilasiz. Ularni xizmatini sotib referalkadan daromad qilasiz. (Hozir shu bilan shug'ullanaman)

5. Konversiyani oshirish evaziga % olish. Masalan biznesni sayti bor, lekin konversiya yomon, siz uning maxsulotini o'zingiz yasagan saytda sotib % olasiz, reklamaga ham pulni o'zingiz tikasiz.

(Buni shariy qoidalari bor o'rganib chiqish kerak). Huddi shunday videolarni yaxshilash, coverlarni yaxshilash, kreativlarni yaxshilash va hokazo usullari bor.

Asl postni Telegramda ochish →