Kanalga obuna
Fikr · 15-oktabr, 2026

AI oʻyinchoq emas, instrument boʻlsin

AI bilan multfilm yoki oʻyin yasash qiziq, lekin pul keltirmasa oʻyinchoq. Avval AI qaysi biznesda vaqt yoki pulni tejashini aniqlang, muammo 3D da emas, maqsadsizlikda.

AI bilan multfilm, o'yin, 3D maket yasash qiziq.

Lekin bu sizga pul olib kelyaptimi?

Hozir ko'pchilik AI'ni o'yinchoq qilib ishlatyapti. Bugun video, ertaga o'yin, keyin "mana qarang" deb do'stlariga tashlaydi.

Natija: 0 so'm.

AI'dan foyda olmoqchi bo'lsangiz, o'zingizga bitta savol bering: bu qaysi biznesda vaqtni, pulni tejaydi yoki ishni osonlashtiradi?

Masalan: • Mijozga KP qo'lda emas, generator orqali tayyor bo'ladi (RaxPro uchun shunday qildik) • Saytdagi arizalar o'zi Telegramga va jadvalga tushadi • Bir xil savollarga bot javob beradi • Menejerlar qo'ng'iroqlarini AI tahlil qiladi → xatolar ko'rinadi

Eng qizig'i, man ham 3D bilan ishlayman. Hozir brending agentligi uchun sayt-muzey demo qilyapmiz, yer sotadigan kompaniyaga 3D video qildik.

Lekin farqi bor: bu o'yin emas, mijozga sotishga yordam beradigan instrument.

Demak, muammo 3D'da emas. Muammo maqsadsizlikda.

Siz AI'ni hozir nima uchun ishlatyapsiz?

Asl postni Telegramda ochish →