Kanalga obuna
Qoʻllanma · 3-oktabr, 2024

Yangi sohada 30 kunda birinchi natijaga 7 qadam

Muallif Data365 da mobil ilovalar orqali biznesni tizimlashtirish yoʻnalishida sotuvni noldan boshlamoqda. U oʻrganish, kastdev, raqobatchilar tahlili, netvorking, targeting va kontent boʻyicha yetti qadamli reja beradi.

🚀 Yangi sohada 30 kun ichida birinchi natijaga chiqish 7 ta qadam.

Data365 agentligiga hamkor bo'ldim. Bu yerda noldan yangi sohaga qadam bosdim. Mobil ilovalar orqali biznesni tizimlashtirish yo'nalishi.

Hozir asosiy vazifam sotuv.

Bu yo'nalishda yaqinda 30 kun ichida birinchi natijani olish uchun, quyidagi qadamlarni qilaman:

1. 20 soat shu sohadagi kontentni o'rganib chiqish. (Bu sohani yaxshi tushunishim, to'g'ri qarorlar chiqarish va sotishimga yordam beradi)

2. Mahsulot sotishdan avval birinchi maqsadli auditoriya kimligini bilib olishim kerak, shuning uchun odamlar bilan castdevlar o'tkazishim, maqsadli auditoriyani o'rganishim, keyslarni ko'rib chiqishim kerak.

3. Raqobatchilar tahlilini o'tkazish. Nima uchun noldan strategiya o'ylab topishim kerak, agarda bozorda ancha yillardan beri muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan kompaniyalarni bosib o'tgan yo'li tayyor turgan bo'lsa. Shuning uchun bozordagi eng zo'r strategiyalarni olib o'zimizning biznesga moslashtirishni boshlayman.

4. Mijoz topishning eng zo'r yo'llaridan biri bu netvorking.Barcha tanishlarimga maxsus tijoriy taklif tayyorlab yuborib chiqaman.

5. Targeting — mijozlarni og'riqlaridan va muammolaridan kelib chiqib kreativlar yozib chiqamiz va targeting reklamadan foydalanamiz.

6. Shu sohada ishlagan, b2b sotuv qilgan odamlardan maslahat olaman. (Siz o'zingizni yo'nalishingizdagi odamlardan maslahat olishingiz kerak)

7. Mijozlarni ko'z oldida bo'lish. Buning uchun instagramdagi reels instrumenti va youtubedan foydalanamiz.

Natijalar bilan bo'lishib boraman.

P.S

*Bitta shu haqidagi stories orqali bitta uchurashuv belgilandi

Asl postni Telegramda ochish →