Kanalga obuna
Qoʻllanma · 10-noyabr, 2025

Xizmatni qilishni bilmasdan sotish formulasi

Xizmatni sotish uchun uni qilishni bilish shart emas, uni chuqur tushunish kerak. Post muammo, istak, bosqichlar, dalil va natija boʻyicha 13 savollik formulani beradi.

💻 Frilansda $1000 daromad. 7/30 qadam.

Digital sohada xizmatni sotish uchun, o'sha xizmatni o'zingiz qila olishingiz shart emas. Sayt sotish uchun, sayt yasashni bilish shart emas.

Shogirdlarimga birinchi haftaning o'zida real mijoz olishni o'rgataman va olishlariga majbur qilaman.

Chunki sohani tez o'rganishni eng zo'r yo'li — real loyihada ishlab o'rganish. Real mijoz bilan, real vazifalarni bajarish.

Buning uchun siz sotayotgan xizmatingizni juda chuqur tushunishingiz kerak. So'ng xizmat ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan barcha bosqichlarni bilishingiz kerak.

Sotish uchun nimalarni bilish kerak? Keling web-sayt misolida ko'rib chiqamiz:

Muammo: 1. Kim uchun bu xizmat kerak? 2. U qanday og‘riq yoki muammoni hal qiladi? 3. Agar bu muammo hal bo‘lmasa — mijoz nima yo‘qotadi?

Istak: 4. Mijozning maqsadi nima? 5. Qanday natijaga erishishni hohlaydi?

Bosqichlar: 6. Bu xizmat qanday tartibda ko'rsatiladi? 7. Qanday qadamlar, natijalar, qancha vaqt oladi?

Dalil / keyslar 8. Yaxshi ishlayotgan keyslar bormi? 9. Ishlab turgan tizimlar bormi? 10. Mijozlarni fikrlari bormi?

Natija: 11. Qanday kafolatlar bor / demo 12. Qanday bonuslar bor 13. Bo'lib to'lash, birinchi natija, so'ng to'lov.

Sohaga oid bo'lgan shu masalalarni tushunib olsangzi har qanday xizmatni sota olishingiz mumkin bo'ladi.

Bu formulani saqlab qo'ying.

Challengeni do‘stlaringizga yuboring.

Asl postni Telegramda ochish →