Rad etib boʻlmas taklif yaratish formulasi
100 million offers kitobidan: mijozning barcha eʼtirozlarini yozib chiqib, har biriga qarshi taklif oʻylab topiladi va ularni yagona offerga birlashtiriladi. Natijada mijozda eʼtiroz qolmaydi.
Qanday qilib rad etib bo'lmas taklif (offer) yaratish mumkin?
[100 million offers kitobidan insayt]
1-qadam: Buni amalga oshirishdan avval, bitta savolga javob berishimiz kerak. O'zi mijoz qachon taklifimizni rad etadi? Nima sabab bo'ladi?
2-qadam: Mijozning miyyasida bo'lishi mumkin bo'lgan hamma e'tirozlarni birma-bir yozib chiqishimiz kerak.
Masalan fitnes trener siz va mijozda shu e'tirozlar bo'lishi mumkin:
→ Trenirovkaga borishga vaqtim yo'q → To'g'ri ovqatlanishga sharoit yo'q → Zal juda uzoq → Uyda shug'ullanganim yaxshi → Tosh ko'tarish yoqmaydi
va shunga o'xshash yana o'nlab e'tirozlari bo'lishi mumkin. Hammasini yozib chiqasiz.
3-qadam: Har bir e'tirozi uchun qarama-qarshi offer (taklif o'ylab topasiz)
Masalan:
→ To'g'ri ovqat buyurtma berish imkoni yo'qlar uchun, biz o'zimiz to'g'ri mahsulotlarni bozordan olish va uyda tayyorlash bo'yicha menyu beramiz. Yechim: [Bu bo'yicha bizda maxsus dars bor.]
→ Bizning zalga kela olmaydiganlar uchun onlayn mentorligimiz bor. Siz o'zingizga yaqin zalga borasiz, biz onlayn sizga feedback berib turamiz. Yechim: [Bir oy darsga oflayn kelasiz, texnika uchun, keyin onlaynga o'tib ketasiz]
→ Gantellar bilan ishlashni yoqtirmaydiganlar uchun bizda alohida crossfit mashg'ulotlari bor. Bu bo'yicha biz maxsus darslik tayyorlaganmiz.
Shunday tartibda har bir e'tirozi uchun maxsus takliflarni o'ylab topish kerak bo'ladi.
4-qadam: Keyin bu takliflarni qaysini birini qila olsangiz qoldirasiz, qila olmaydiganlaringizni osonlashtirasiz yoki olib tashlaysiz va orniga qila oladigan taklifingizni o'ylab topasiz.
5-qadam: Bu yuqoridagi offerlarni birlashtirasiz va yagona taklif yaratasiz.
Bu usul orqali siz rad e'tib bo'lmas taklifni bera olasiz. Chunki mijozda umuman e'tiroz qolmaydi.
✍️ Shu formula bo'yicha offeringizni izohda qoldiring, tahlil qilamiz
🛫 Postni esa saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan bo'lishing.
Asl postni Telegramda ochish →