Kanalga obuna
Keys · 20-aprel, 2025

Export konsalting uchun tijoriy taklif keysi

Xalqaro kompaniyalar uchrashuvdan oldin sayt va tijoriy taklifni soʻraydi. Tijoriy taklif faqat dizayn emas, avval mijozning offerini intervyu orqali aniqlab, sotadigan qilib terish, keyin premium koʻrinishga keltirishdir.

Export konsalting uchun tijoriy taklif keysi

Export bo'yicha konsalting korxona uchun sotuvchi tijoriy taklif.

Yana bir keysimiz bilan bo'lishmoqchiman.

Xalqaro miqyosdagi korxonalar suxbat qurishdan, uchrashuvdan avval birinchi navbatda sayti va tijoriy taklifni so'rashar ekan.

Yaqinda bir tanishimiz ham aytib qoldi, juda katta kompaniya do'stimizni xizmatidan foydalanmoqchi bo'lgan ekan, birinchi TT yubor keyin gaplashamiz degan ekan, uyalib qoldim, manga TT kerak deb aloqaga chiqdi.

Nima uchun tijoriy taklifni kompaniyalar bizda yasatishadi?

Ko'pchilik dizayn uchun deb o'ylaydi, lekin dizayn 2-darajali narsa. Birinchi navbatda biz mijozni offerini upakovka qilishga yordam beramiz, ularni o'zlari bilmaydigan kompaniyasi haqidagi ma'lumotlarni to'g'ri va chuqur intervyu orqali aniqlashga yordam beramiz. Keyin esa barcha ma'lumotlarni mijozga sotadigan qilib terib beramiz va keyin premium dizayn ko'rinishiga keltiramiz.

Asl postni Telegramda ochish →