Kanalga obuna
Keys · 3-mart, 2025

Mutolaa startapi: 2025 yil uchun $1 mln maqsad

Mutolaa ilovasining A nuqtasi 1,5 mln yuklab olish va 3500 premium obunachi, 2025 yil B nuqtasi esa 3 mln yuklab olish va 50 ming premium. Muallif strategiya va yoʻlni blogida yoritishni vaʼda qiladi.

Mutolaa startapi: 2025 yil uchun $1 mln maqsad

Mutolaa startapini 2025 yilda - $1 mln kapital

Hozirgi kunda Mutolaa loyihasida marketing va sotuv bo‘limiga ma’sulman. Mutolaa bu o‘zbek tilidagi audio va elektron kitoblari ilovasi. O‘zbek segmentida lider.

15 Yanvardagi A nuqtamiz:

1. 1.5 mln + yuklab olishlar soni 2. 280K + oylik aktiv kitobxonlar 3. 3500 + premium obunachilar

Dunyo va lokal bozorni analiz qildim. Shularni asosida juda qattiq harakat qilinsa pastagi 3 kategoriyadagi maqsadlarga erishsa bo‘ladi deb taxmin qildik.

2025 yilga B nuqtamiz:

1. 3 mln yuklab olishlar soni 2. 700K oylik aktiv kitobxonlar 3. 50K premium obunachilar

Bu maqsadlarga erishish uchun strategiyamiz qanday? Nima qadamlarni bosib o‘tamiz?

O‘zimga ham qiziq, sababi startap traditsion biznesga nisbatan butunlay boshqa dunyo. Har kuni yangi g‘oya, fikrlar va harakatlar. To‘xtovsiz sinov va xatolar.

Shu maqsadlarga erishish yo‘limiz haqida blogimda yoritib boraman. Qiziq bo‘lsa kuzating, ulashing, fikr bo‘lishing, takliflar bering.

@MuhammadsMarketingMind

Asl postni Telegramda ochish →