Kanalga obuna
Hikoya · 1-oktabr, 2025

Ish stoli devorga qaramasligi kerak

Ish stoli devorga qaratilgan boʻlsa, bu charchoq va siqilish keltirib chiqaradi. Stol joyini oʻzgartirish ish samaradorligi va kayfiyatni yaxshilaydi.

Uyda ishlash, ofisda ishlash juda qiyin bo'lar edi. Lekin nima uchundir kafeda yoki Impactda ishlasam samarali ishlayman, ishlash juda yoqadi. Sababini tushunmas edim. Hozir topdim ))

Bu devorga qarab ishlaganim uchun ekan. Yani ish stoli devorga qaratilgan bo'lsa bu charchoqni, siqilishni keltirib chiqarar ekan. Eng qizig'i bu bo'yicha tadqiqotlar ham bor ekan.

Ofisda ham, uyda ham ish stoli devorga qaratilgan.

Hozir joyini o'zgartirgan edim, o'zimni yaxshi his qilishni boshladim

Sinab ko'ring. Buni tushunishim uchun 3 yil ketti 😅

Asl postni Telegramda ochish →