Kanalga obuna
Roʻyxat · 4-may, 2024

Mutaxassislar bozori qavatlari va yuqoriga chiqish

Bozor daromad boʻyicha qavatlarga boʻlinadi: pastda koʻp raqobat, yuqorida koʻp pul va oson sotuv. Yuqoriga chiqaradigan 8 ta omil sanab oʻtiladi.

Mutaxassislar bozori qavatlari va yuqoriga chiqish

Bu har qanday mamlakatdagi bozorning ko'rinishi.

Mutaxassislar bozori.

Nuqtalar raqobatchilar. (odamlar)

Ko'rib turganingizdek bozor bir necha qavatdan iborat

1-qavat darodami $500 gacha 2-qavat daromadi $2000 gacha 3-qavat daromadi $2000 dan baland

va shunday tarzda taxminan $20.000 daromadgacha qavatlar bor.

Eng qizig'i: Bozorning 80% 1-qavatda, 20% yuqori qavatda. Bozorning 80% puli yuqori qavatda va 20% puli pastgi qavatda.

Pastda mijozlar sizni tanlaydi Yuqorida esa siz mijozlarni tanlaysiz.

Uni ustiga yuqorida sotish ham osonroq

1000$ ga xizmatingizni sotishingiz 100$ ga sotishdan ko'ra ancha osonroq. Chunki tushunadigan mijozlar bo'ladi.

Maslaxatim hozir qayerdaligingizni aniqlang. Yuqoriga chiqish uchun 1-3 yillik reja tuzing.

Asosiy 8 ta narsa sizni yuqoriga olib chiqadi:

1. Ko'p tajriba olish. "Nasmotrennost"ni rivojlantirish 2. Doim trenddagi bilimlarga ega bo'lish. Chuqur fundamental bilim bo'lishi. Bilimga investitsiya qilish. 3. Professional bo'lish. Ishingizni har bir kichik nuqtalarigacha chuqur tushunishingiz kerak. 4. Sotuv qobiliyatini rivojlantirishingiz kerak. Zo'r mutaxassis bo'lib sotishni bilmasangiz pastda qolip ketasiz. 5. Jamoasiz katta loyihalarni olishning imkoni yo'q. Yoningizga kuchli jamoa to'plashingiz kerak. 6. Kuchli netvorking sizga juda katta eshiklarni ochadi. 7. Sizga yo'l ko'rsatadigan ustoz (mentor) kerak 8. Yangi darajaga chiqish uchun yangicha fikrlash kerak.

Siz qaysi darajadasiz va hozir nima qilmoqchisiz izohlarga yozing eng qiziqarli javoblarga feedback beraman.

Asl postni Telegramda ochish →