Kanalga obuna
Motivatsiya · 20-yanvar, 2026

Katta daromad stress bilan keladi

Biznesda boshqalarning muammosini hal qilganingiz uchun pul olasiz, muammo esa stress. Qanchalik katta muammoni yechsangiz, daromad ham shuncha katta, 99% odam shu yerda taslim boʻladi.

Yaxshi daromad keltiradigan, yuqori darajadagi ish qilmoqchi bo'lsan hayoting doim stressga to'la bo'ladi.

Buni qabul qil. Bundan qo'chib qutilib bo'lmaydi.

Biznesda sen boshqalarning muammolarini hal qilganing uchun pul olasan. Muammolar esa stress. Demak qancha katta muammoni hal qilsang shuncha katta daromad qilasan. Bu qoida.

Bir shaxsni fikrlashi qanchalik kengligini bilmoqchi bo'lsang qanchalik katta muammolarni hal qila olishi va qanchalik stressga chidamliligiga qara.

Har safar stressga duch kelganingda, bu o'yin qoidasi ekanligi va buning uchun haq olayotganingni o'zinga eslat.

Boylikni ham, kambag'allikni ham o'ziga hos stressi bor, tanlo'v o'zingda.

Agar chiday olmasang, kichikroq maqsad qo'y, oddiy ishda ishla.

Lekin shuni bilki butun umr, bor potensialingni ishlatmaganing uchun afsuslanib yurasan.

Katta muammolarni hal qilish qiyin bo'lgani uchun ham ko'pchilik bu ishni qilmaydi. Hamma qila olganida bu ishni qiymati qolmagan bo'lar edi.

Ishda qiynalib, charchab, chidab bo'lmaydigan nuqtaga yetkaningda, shuni bilki 99% odam shu yerda taslim bo'ladi.

Asl postni Telegramda ochish →