Rad javobidan qoʻrqmay sotishni oʻrganing
Sotish yomon ish emas, rad javobi esa oʻyin qoidasi. Har bir 'yoʻq' sizni 'haʼga yaqinlashtiradi, oʻrtacha 100 kishidan 3 tasi albatta sotib oladi.
San hech qachon o'z xizmating / maxsulotingni sotishdan qo'rqmasliging kerak.
Agar sotayotgan narsang foydali narsa bo'lsa, doim sotib olishga odam bo'ladi.
Yaxshi maxsuloting bo'la turib, uni sotmaganing bozorga zararliroq. Chunki odamlarga kerak narsani bermayapsan.
Sotish yomon ish emas.
Sani miyyangni sotish bu yomon deb, atrofda, reklamalarda, ish xonada, kinolarda zaharlashgan. Chunki sani rivojlanishing, sandan boshqa hech kimga kerak emas.
Ko'pchilik odamlar yo'q javobini eshitishdan qo'rqib sotishmaydi. Yo'q desa demak bu yomon degani.
Aslida buga matemaktikadek yoki bir o'yindek qarash kerak. Har bitta yo'q javobni eshitganingda xursand bo'l, chunki "HA" degan javobga yana bir qadam yaqin qolgan bo'lasan. O'rtacha eng yomon xolatda jami odamlardan 3% odam doim sotib oladi. Demak har 100 tadan 3 tasi aniq oladi degani.
Sanga yo'q degan odamlarga "zina" dek qara. Bitta yo'q — bir pog'ona yuqoriga ko'tarilding. 10 ta yo'q — maqsadga 1 qadam qoldi.
Sotishdagi eng yomon ssenariy nima? Yo'q degan javobni eshitasan. Bo'ldi.
Hech kim seni urmaydi, qamamaydi, so'kmaydi, urushmaydi.
O'zbekistonda 40 mln ta odam bor. Bitta odamni gapini jiddiy olishga arzimaydi.
Tasavvur qilishing uchun dunyoda 1 milliard Apple kompaniyasini yomon ko'radigan Samsung foydalanuvchilari bor. Sen kim bo'libsan ularning oldida.
Agar shundayam qo'rqsang, unda biznes san uchun emas.
Dunyodagi eng zo'r mahsuloting bo'lsa ham baribir kimdir seni yomon ko'radi. Mahsulotingdan ayb topa olishmasa shaxsinga o'tishadi 😅
Rad javobini eshitish bu o'yinning qoidasi.
O'zing hohlagan natijalarga erishish uchun rad javobi va "hate" ni qabul qil yoki o'zing hohlamagan natijalarga ko'nib butun umr "ha" degan javobni eshitib yur.
Asl postni Telegramda ochish →